Ichimdagi gaplar


«Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1456000
1   2   3
Bog'liq
KUNDALIKp

«Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang» 
— Robin Sharma 
 
 


Ichimdagi gaplar 

Xalqimiz orasida bir gap bor: “Daraxt bir joyda ko’karadi”. Siz 
ham hayotingiz davomida bu gapni ko’p bora eshitgan bo’lsangiz 
kerak. Qanchalik to’g’ri ma’noda aytilgan bilmadimu, lekin men shu 
gapni boshqacha tushunaman.
Bir kun derazadan ko’chaga qarab daraxtni ko’rib, shu fikr 
miyamga kelib qoldi: Inson har sohada o'zini sinab ko'rishi kerak. Biz 
daraxt emasmiz bir joyda ko'karadigan. Bizda imkoniyatlar ko'p. 
Erkimiz o'zimizda. Hohlasak boshqa joyga bora olamiz, hohlasak 
meva beramiz, hohlasak uni qilamiz buni qilamiz... 
Men shunaqa insonman. Hech bir narsaga ko’nglim to’lmaydi. Har 
ishni qilib ko’rgim kelaveradi. “Nega buni qila olmas ekanman?” – 
deya o’z-o’zimga savol beraveraman. Bir xillikdan juda tez zerikaman. 
Balkim yoshligimdan muqim biror joyda ancha vaqt yashamaganim, 
yoki uzoq vaqt biror joyda o’qimaganimdan bo’lishi mumkin. 
Dadamning kasbi harbiy edi va biz har 2 yoki 3 yilda boshqa viloyatga 
dadamning ishlari tufayli ko’chib ketar edik. Ishonasizmi, yoki yoqmi 
9-sinfni 8ta maktabda tugatganman. Ba’zi maktablarda 2 oygina 
o’qigan paytlarim ham bo’lgan. Menimcha bu mening fe’limga ham 
ta’sir o’tkazgan.
Agar shu paytgacha qilib ko’rgan ishlarimni sanasam kattagina bir 
ro’yxat qilsa bo’ladi. Masalan: 

Bog’cha yoshidaligimda shaxmat to’garagiga borganman. Hatto 
anchagina sertifikatlarim ham bor. Musobaqalarda yuqori sinf 
bolalarini yutganim ham esimda. Albatta hozir o’sha 
paytlardagidek o’ynay olmasam keragu, lekin uncha muncha 
narsa esimda.


Ichimdagi gaplar 


Maktab paytlari, adashmasam 5-sinfligimda basketbol, 6-
sinfligimda esa futbol sporti bilan shug’ullandim. Albatta eng 
zo’rlardan bo’lganman deya olmaymanu, lekin yomon ham 
emas edim. Bir narsani hech esimdan chiqarmayman: o’sha 
yillar qish anchagina sovuq bo’lardi. Bir gal futbol to’garagiga 
sal kech qolganim uchun 10 aylana stadionni yugurgan edim. 
Stadion ham anchagina katta edi, hajmi 80-120m. Oyog’imda 
futbol butsisi, qor esa guvullab yog’ayotgandi. Shu voqea tufayli 
haligacha hech qayerga kechikib bormayman.

Keyingi yillar matematikaga qiziqdim. Undan so’ng esa ingliz 
tiliga. 
Qiziqishim 
ortganidan 
IELTS 
sertifikatini 
ham 
oldim(albatta bu natijani zo’r ham deya olmayman). Afsus 
matematikadan xalqaro SAT sertifikatini olish nasib etmadi. 
Lekin hudo hohlasa yaqin yillarda olaman deb o’zimga maqsad 
qo’yganman. 

Orada bloger bo’lgim kelib qoldi. Youtubeda 3 mingta, TikTokda 
esa 270 mingta obunachim bo’ldi. 

17 yoshligimda esa 2 ta o’quv markazda ingliz tilidan dars 
berdim. O’zimni pedagoklik sohasida ham sinab ko'rdim. Asosiy 
maqsad o’zimga bo’lgan ishonchni orttirish edi. Ko’pchilik 
oldida gapirishga qo’rqar edim. Nutqimni rivojlantirish 
maqsadida buni ham qilib ko’rdim. O’sha paytlar bir narsa 
menga ilhom bergandi: “Mikki Mausga hayot bergan Uolt 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling