Ichki auditni tashkil etish masalalari


Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat


Download 332.52 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi332.52 Kb.
#1293086
1   2   3
Bog'liq
BHA-80-2 Xoliqberdiyev I. Audit

Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • - korxonaning ishiga moliyaviy nazoratni olib borish; - iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini tekshirish; - boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo'yicha tahlil qilish; - korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash; - korxona ishini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Ichki audit

  • Korxonada ichki auditorning bo'lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish o'tkazish usullari tashqi auditnikiga o'xshash bo'lib, tekshirish hajmi va obyekti jihatdan farq qiladi.
  • Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va foydalanilishi, hisob-kitobning to'g'riligi va boshqa obyektlarni tekshirishga qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to'liq tekshirish o'tkaziladi.

Ichki auditda operatsion audit

  • Ichki audit faoliyatining eng keng tarqalgan turi operatsion auditdir.
  • Operatsion audit – bu auditorning resurslardan samarali foydalanish, samarali yutuqlarga erishish maqsadida korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirishdir. Uning maqsadi – xodimlarning o'z vazifalarini bajarish va korxona rentabelligini oshirishga yordam berishdir.

Ichki auditorlar mustaqilligi

  • Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to'plashda korxona rahbari tazyiqidan xoli bo'lishi lozim. Ichki auditorlarning mustaqilligi yirik turdagi xo'jalik yurituvchi subyektlarda kuzatuv kengashiga bo'ysunishi bilan o'lchansa, kichik biznes subyektlarida esa ta‘sischilarga bo'ysunish darajasi bilan belgilanadi.

Ichki audit shakllari

  • Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin:
  • - yillik hisobotni tasdiqlash uchun aksionerlarning umumiy yig'ilishida har yili saylanadigan, doimiy faoliyat ko'rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni tuzish zaruriyati korxona Nizomida ko'rsatiladi. Ko'p hollarda taftish komissiyasi tuzilmay qoladi.
  • - Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil etilgan maxsus ichki audit xizmati bo'limi shaklida;
  • - Auditorlik tashkiloti bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o'tkazish shaklida.
  • Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo'lsa, tashqi auditor ichki audit hisobotlaridan foydalanishi mumkin, qachonki ichki auditor ishi samaradorli deb tashqi auditor tomonidan baholansa.Tashqi auditor ishining samaradorligi ichki auditor bilan hamkorlik qilsa, ancha ortadi. Chunki ichki auditor ishidan foydalanish tashqi auditorga hajm darajasida ancha yengillik yaratib beradi.

Download 332.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling