«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish» Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari


Download 36.2 Kb.
bet6/7
Sana13.09.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1676622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish»-fayllar.org

2. Ichki nazoratning turlari

Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:




  • Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati;

  • Korxona faoliyatining ichki sharoitlariuning hajmi, ko’lami va faoliyat turi;

  • Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli yoki shuba korxonalariga ega bo’lishi;

  • Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;

  • Faoliyatning mexanizatsiyalashganligi va kompyuterlashganligi darajasi;

  • Resurs bilan ta’minlanganligi;

  • Xodimlar tarkibining bilim darajasi;

Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin:




  1. yillik hisobotni tasdiqlash maqsadida yig’ilgan aktsiyadorlar yig’ilishida saylangan taftish komissiyasi shaklida;

  2. bevosita rahbarga buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida

  3. nazorat guruxi shaklida

  4. inventarizatsiya bo’limi shaklida;

  5. ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkiloti bilan shartnoma shaklida bo’lishi mumkin.

Savol: korxona rahbariga yoki boshqaruviga ichki audit kerakmi? Korxonalarda hozirda an’anaga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan ichki nazorat xizmati va nazorat-taftish xizmati foydaliroqmi? (shuni ta’kidlash keraki hozirda G’arb mamlakatlari korxonalarning amaliyotida ichki audit xizmati ko’proq tarqalgan; ichki nazorat xizmati kam qo’llaniladi va nazorat-taftish xizmati esa umuman qo’llanilmaydi.

Korxonaga nechta nazorat organi kerakligi va qaysi biri muhimroq ekanligini korxona rahbari va menejeri aniqlaydi. Qaror qabul qilishda korxonaning nazorat bo’limi muhim ahamiyatga egadir, agar ichki nazorat yoki risklarni boshqarish tizimi to’g’ri yo’lga qo’yilmagan yoki samarasiz ishlayotgan bo’lsa, ichki audit faoliyatning maydoni keskin torayib boradi, chunki uning vazifasi ichki nazorat tizimining samarani baholashdan iboratdir. Bu holatda korxona menejerining asosiy vazifasi korxonada nazorat tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

Taftish. Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va uzoq vaqtni oladi hamda korxonada nazorat taftish bo’limi tashkil etilishi zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki lavozimni suiste’mol qilinishi xolatlari yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki audit esa korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va kelgusida bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, taftish ishlari bo’lib o’tgan kamchiliklar bo’yicha xulosa beradi, ichki audit esa imkoniyatni baholaydi hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskni kamaytirishga hamda salbiy oqibatlarga olib kelmaslikni oldini olish bo’yicha takliflar beradi. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, korxonada ichki taftish tizimining mavjudligi ichki auditning keragi yo’q degan fikrni inkor etadi.

Shtat bo’yicha ichki audit xizmati. Ichki audit xizmatining korxona rahbarlariga bo’ysunishiga har xil yondashiladi. Eng yaxshi yo’l ichki audit xizmati boshlig’ining kuzatuv kengashi bo’ysunishidir. Aynan shunday yondashish zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi. Bu vaziyatda ichki audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi. Bu holatda ichki audit xizmati salohiyatidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Har xil sabablarga ko’ra bu variantni amalga oshirish imkoni bo’lmasa, ichki audit xizmati direktorlar kengashiga bo’ysunadi.

Ichki audit xizmatining tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov berilmagan, bu quyidagi omillarga ko’ra har xil bo’ladi: birinchi omil bu korxonaning ichki audit oldiga qo’ygan vazifasi. Ikkinchi omil bu ichki audit xizmatining tuzilishiga ta’sir etuvchi omillar, korxonaning xar xil turdagi risklarga duch kelganligi. Uchinchi omil korxonada nazorat tizimining yetukligi. To’rtinchidan, korxona shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi.



Ichki audit xizmati tizimini ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit xizmatining ob’ektivligini hamda erkinligini ta’minlash lozim. Sho’’balari ko’p va har xil joyda joylashgan xolding kompaniyalari uchun markazlashgan ichki audit xizmati to’g’ri keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh ofisida yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda ham ular funktsional ravishda korxonaning rahbariga bo’ysunadi. Ichki audit xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.
Download 36.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling