«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish» Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari
Auditorlik amallari va audit dalillarini olish manbalari
Download 36.2 Kb.
|
«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish»-fayllar.org
3.Auditorlik amallari va audit dalillarini olish manbalari
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida xo’jalik yurituvchi subekt xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan;hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi chog’ida olinishi mumkin. Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; -mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari. Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli hisoblanadi. shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, to’plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin. Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik riskini pasaytiradi. Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar bir-birlariga zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va to’plangan dalillarning ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga ishonch hosil qilishi uchun qo’shimcha axborotlar to’plashi zarur. Agar auditor qandaydir muammo bo’yicha yetarli dalillar to’plash imkoniga ega bo’lmasa, buni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim. Agar mijoz korxona auditorga tulakonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni takdim kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki) muomala bo’yicha yetarli auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, yetishmayotgan auditorlik dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim. SHunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan foydalanib, auditorlik riskini pasaytirishni ko’zlaydi. Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida dalillovchi ma’lumotlarni to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. sbajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan yetarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy amallar. Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi. Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va uning ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Тahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi. Тo’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar, bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash ketma-ketligini quyidagicha: 1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. SHartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin. 2. Тanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur.Yetarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan o’tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor hisob va hisobotning ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim muomalalarni tekshirishda qo’llaniladigan amallar mazmuni aks ettirilgan, oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish mumkin. 3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan. Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni. Auditor tomonidan olingan dalillarning yetarliligi va ishonarliligi turli amallar, usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi. 4. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga nisbatan aniqlashtiradi. Тekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Тekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur. 5. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. 6. Тo’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi. Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. shuningdek, mazkur dalilning ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun yetarliligini ham aniqlash zarur. Хulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim. http://fayllar.org Download 36.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling