«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish» Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari


 Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar


Download 36.2 Kb.
bet2/7
Sana13.09.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1676622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish»-fayllar.org

1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar

Ichki nazorat tizimi va ichki auditning farqi quyidagicha: ichki nazorat korxonaning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki audit esa, ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki audit korxonaning ichki nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit xizmati va ichki nazorat tizimi bir-biridan farqlanadi.



Birinchi navbatda ichki nazorat tizimiga qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib o’tamiz:




  1. Har bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi. Korxonada faoliyat ko’rsatib kelayotgan xar bir sub’ekt nazorat ostida bo’lishi kerak. Har bir sub’ektning biriqtirilgan ishni bajarishi boshqa sub’ektlar tomonidan tekshirilishi, lavozim majburiyatida qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini va holati, avvalo korxona rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining nazorati, korxona rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan foydalanish mumkin.



  2. Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik. Bu holat, ya’ni nazoratni bir kishiga yuklash, o’z faoliyatini suiste’mol qilish yoki boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.



  3. Ma’muriyatni manfaatdor bo’lishi. Ichki nazorat tizimining amal qilishi boshqaruvning mansabdor shaxslarini halolligisiz, yetarli tartibdagi manfaatdorligisiz va qatnashishisiz samarali bo’la olmaydi.



  4. Ichki nazorat sub’ektlarining vakolatliligi, vijdonli ekanligi va halolligi. Agar xizmat qilish funktsiyalariga nazorat qilishni amalga oshiradigan qiladigan korxona xodimlari, ushbu sanab o’tilgan tavsiflarga ega bo’lmasa, unda ichki nazorat tizimida xatto ideal ravishda tashkil etilgan ham samarali bo’la olmaydi.




  5. Download 36.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling