Ichki ishlar idoralari xodimlarining


-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KASB


Download 0.5 Mb.
bet54/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

1-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KASB ETIKASI KATEGORIYALARINING XUSUSIYATLARI VA VAZIFALARI
Kasb etikasining kategoriyalari.Har bir fanning o‘z kategoriyalari bo‘lgani kabi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyati fanining ham kategoriyalari mavjud. «Kategoriya» so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «hukm», «guvoh», «ifodalash», «ta’rif berish», «fikr aytish» demakdir.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasining kategoriyalari jamiyatning axloqiy-ma’naviy hayotida amal qiluvchi umuminsoniy axloq normalari va prinsiplarini mustahkamlash, unda yuz beradigan axloqsizlik va huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘lishning zaruriy, muhim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi eng umumiy tushunchalardir.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasi kategoriyalarini, axloqiy ong (axloqiy prinsip, axloqiy norma, axloqiy ishonch, axloqiy maqsad, axloqiy tanlov), axloqiy munosabat (axloqiy harakat, axloqiy nizo, axloqiy nufuz, axloqiy obro‘), axloqiy amaliyotni aks ettiruvchi (axloqiy yoki axloqqa zid ish, axloqiy ajr, axloqiy qasos, axloqiy oqibat, axloqiy cheklov va boshqa) kategoriyalarga ajratib o‘rganish mumkin.
Bulardan tashqari, ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasi kategoriyalarini strukturali va substansional kategoriyalarga ajratgan holda talqin etsa ham bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasining strukturali kategoriyalari axloqni tarkibiy qismlarini ichki aloqadorligi jihatidan xarakterlaydi. Ularga axloqiy norma, prinsip, baho, ideal, qarashlar, e’tiqodlar, hissiyot, odatlar, fe’l-atvor, xatti-harakat, xulq, munosabat va boshqalar kiradi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasining substansional kategoriyalari axloqni jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatlar mazmunining o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan xarakterlaydi. Bularga yaxshilik, yomonlik, ezgulik, adolat, burch, vijdon, sha’n, qadr- qimmat, hayotning ma’nosi kabilar kiradi.
Umuman olganda, etika fanining kategoriyalari boshqa fanlarning kategoriyalaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, etika kategoriyalari faqat axloqshunoslik sohasida emas, balki boshqa fan sohalarida ham qo‘llaniladi. Har qanday nazariya, kashfiyot va ilmiy qarashning zamirida ma’lum bir qadriyat bor, ya’ni u mazkur ish nima maqsadda qilingan, u yaxshimi yoki yomon, degan savoldan tashqarida bo‘lolmaydi. Shunday qilib, amaliyotda axloqiy faoliyatdan tashqarida bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q.
Ikkinchidan, etika kategoriyalari (masalan, vatanparvarlik, adolat, mas’uliyat va h.k.) ayni vaqtning o‘zida boshqa (siyosiy, iqtisodiy, huquqiy) fanlarning ham kategoriyalari hisoblanadi. Bu axloqiylikning, uning in’ikosi bo‘lgan axloq kategoriyalarining sintez qilish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Etika kategoriyalarining sintez qilish xususiyati, bir tomondan, jamiyat a’zolarini axloqiy tarbiyalash uchun boshqa fan jabhalarini o‘zida mujassamlashtirgan holda ish ko‘rishini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, boshqa fan kategoriyalariga axloqiy mazmun bag‘ishlashini, ularning axloqiylikdan tashqarida emasligini ham ko‘rsatib beradi.
Uchinchidan, etika kategoriyalari o‘zining keng qamrovga egaligi bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni tug‘ilishidan hayotining so‘nggi kunlarigacha bo‘lgan hodisalar – mehnat, muhabbat, kundalik odob-axloq, xulq, muomala – hammasini o‘zida umumiy tarzda aks ettirishi bilan ajralib turadi.
To‘rtinchidan, etika kategoriyalari odamlarning xatti-harakatlari, xulq-avtorlarini jamiyat talablari nuqtai nazaridan ma’qullash yoki qoralash, ya’ni axloqiy baholash xususiyatiga egadir.
Etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi:

  • yaxshilik va yomonlik;

  • adolat va adolatsizlik;

  • baxt va baxtsizlik;

  • vijdon va vijdonsizlik;

  • burch, or-nomus va qadr-qimmat;

  • hayotning ma’nosi.

Bu kategoriyalar, garchand umumiy kategoriyalar bo‘lsa-da, o‘zining ichki ishlar idoralari xodimlarining amaliy faoliyatida qo‘llanishida aniqlik, ya’ni o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu o‘ziga xoslik ularning bajaradigan vazifalarida yaqqol ko‘rinadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling