Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Jahon mutafakkirlari yaxshilik haqida shunday deganlar
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Jahon mutafakkirlari yaxshilik haqida shunday deganlar:Yaxshilik haqida fikr qilinglar, chunki yaxshilik haqida o‘ylash kishini o‘sha yaxshilikni qilishga undaydi.(Abdulloh ibn Abbos) Yaxshilar ketidan choparsan, Istasang, baxtingni shunda toparsan. ( Sa’diy Sheroziy) Har bir yaxshilik sadaqadir. (Hadis) Yaxshilik qilmoq – yomon falokatlardan asraydi.(Hadis) Yaxshi qiliq, go‘zal muomala bir yo‘ldirki, u yo‘ldan yurmay turib, izzat va sharaf manziliga yetib bo‘lmaydi. (Husayn Voiz Koshifiy) Biron qog‘ozga qo‘l qo‘ymoqchi bo‘lsang, biron odamni xafa qilib qo‘ymaslikni o‘yla! (Qozi Ahmad G‘afforiy) «Yomonlik» tushunchasi va uning mohiyati. Yomon odam degan- da, odatda, fe’l-atvori buzuq, yaramas, razil odam; yomonlik deganda esa o‘zining fe’l-atvori, qilgan ishlari bilan atrofdagilarga zarar yetkazuvchi axloqan buzuq, yaramas odamlarning xatti-harakatlari tushuniladi. Umuman olganda, yaxshi xulq egasi bo‘lish – yaxshilik, yomon xulqlilik esa yomonlik hisoblanadi. Chunonchi, jamiyatning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirishga qarshi qaratilgan barcha xatti-harakatlar yomonlikdir. Yomonlikni oddiy va falsafiy tushunish mavjud. Yomonlik deb jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, kishilar- ning axloqiy ideallariga, ular e’zozlaydigan qadriyatlarga, baxtga erishish- ga, odamlar orasidagi munosabatlarda axloqiy taraqqiyotning qaror topi- shiga va insoniylikning o‘sishiga zid keladigan xatti-harakatlar yig‘indi- siga aytiladi. Yomonlikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: kosmopolitizm, millatchilik, «oshna-og‘aynigarchilik», ma’muriy buyruqbozlik, odam o‘l- dirish, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, mansabparastlik, poraxo‘rlik, tashmachilik, tamagirlik, bezorlik, bosqinchilik, ichkilikbozlik, ishyoqmaslik va h.k. Yomonliklarni, borliqni aks ettirishiga qarab, shartli ravishda tabiiy, ijtimoiy va axloqiy yomonliklarga bo‘lish mumkin. Bunda tabiiy yomon- liklarga – zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlarni; ijtimoiy yomonliklarga – kishining kishini ekspluatatsiya qilishi, millatchilik, irqiy va boshqa jihatlardan kamsitish; axloqiy yomonliklarga esa yolg‘onchilik, haqorat qilish, baxillik, yulg‘ichlik, poraxo‘rlik kabilarni kiritish mumkin. Bundan tashqari, yomonlikni quyidagi xillarga bo‘lish mumkin: yomon maqsad; yomon vosita; yomon natija; yomon baho. Yomon maqsad biror yomon xatti-harakatni razilona, g‘ayriinsoniylik va johillik bilan talab qilish, jamiyat va jamoa manfaatiga zid keladigan, xudbinlik niyatida qilinadigan yomonlikdir. Masalan, odam o‘ldirish, xalqni qo‘rquvda ushlab turish va hokazo. Yomon vosita biror xatti-harakatni amalga oshirish uchun qo‘lla- niladigan tadbir, shu harakatni bajarish usuli va qurolidir. Yomon vosita qanday maqsad uchun xizmat qilishiga qarab, adolatli va adolatsiz bo‘ladi. Yomon natija – yaxshi maqsadga erishish uchun yaxshi, insonparvar vositalar qo‘llanishiga qaramay, sharoit, vaziyat taqozosi, xatoliklar tufayli sodir bo‘ladigan yomonlik. Yomon baho u yoki bu xatti-harakat, jamoa va individ faoliyatidagi salbiy, g‘ayriaxloqiy, antigumanistik jihatlarni baholash mezonidir. Yo- monlikning barcha ko‘rinishlari hamma davrlarda shu mezon yordamida baholanadi. Ammo bu mezon jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra o‘z mazmunini o‘zgartirib, yangilab boradi. Yomonlikning yuqorida ko‘rsatilgan shakl va turlarini chuqur tu- shunib olish ichki ishlar idoralari xodimlarining yomonlikni tugatishga qaratilgan faoliyati yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining amaliy faoliyati yomonlikni, yo- vuzlikni tugatishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi jamiyat hayotida yaxshilikni qaror toptirish hisoblanadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining yovuzlik, jinoyatchilik kabi yomonlik turlariga qarshi kurashishi ijtimoiy yomonlikning kamayishi va jamiyatda yaxshilikning kuchayishiga xizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari yomonlikka qarshi kurashni, avvalo, ishontirish orqali, bordiyu u yordam bermasa, jazolash usuli bilan olib boradilar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling