Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Donishmandlar yomonlik haqida shunday deganlar
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida hadislarda shunday deyilgan
Donishmandlar yomonlik haqida shunday deganlar:– Yomonlikni butun vujudi bilan ashaddiy nafratlay bilgan odamgina yaxshilikni yurakdan seva oladi. (F.Shiller) Yomonlikka shafqat ko‘rsatish yaxshilikka sovuqqon bo‘lish bilan qo‘shilib ketadi. (N.S.Leskov) Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi. (Abu Ali ibn Sino) Yomonlik butun nuqsonlar majmuidir.(Husayn Voiz Koshifiy) Yomon fe’lli kishidan haromdan parhez qilgandek parhez qilinglar. (Abu Bakr Varroq) Yomonlarga marhamat va yaxshilik qilish yaxshilarga zarar va alam keltiradi.(Alisher Navoiy) «Yaxshilik» va «yomonlik» o‘zaro aloqador va ayni vaqtda bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir. Yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida hadislarda shunday deyilgan:– Yaxshilaringiz xushxulq bo‘lib, kishilarga yon beruvchi, ya’ni atrofida yaxshi hayot kechirishga imkon beruvchi kishilardir. Yomonla- ringiz mahmadona, dilozor, kishilar rohatini buzuvchi kishilardur. Yaxshilaringiz qarzni yaxshi ado etuvchi kishilardir. Yaxshilaringiz o‘z ahliga, oila a’zolariga yaxshi bo‘lganlaringizdir. Yaxshilaringiz umrlari uzoq bo‘lib, amallari yaxshi bo‘lgan kishilardir. Birodarning yaxshisi Allohni zikr qilsang yordamlashadi, esingdan chiqarsang esingga soladi. Odamlarning yaxshisi odamlarga manfaatlirog‘idir. Yoshlarning yaxshisi o‘zini keksalarga o‘xshatadiganidir. Keksala- rning yomoni o‘zini yoshlarga o‘xshatadiganidir. Yaxshilikka dalolat qiluvchi kishi yaxshilikni qilgan kishi bilan barobardir. «Kimga yaxshilik qilay», – deb so‘ragan sahobaga uch marta onangga deb, to‘rtinchisida otangga deb aytdilar. Ya’ni yaxshilikni avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ng otangga yaxshilik qil, dedilar»1 . §. «BURCH», «OR-NOMUS», «VIJDON» KATEGORIYALARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING XATTI-HARAKATLARINI BOSHQARISH VA NAZORAT QILISHDA TUTGAN O‘RNI «Kasb burchi» tushunchasi va uning ahamiyati. Inson ijtimoiy mavjudotdir. U jamiyat hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘p qirrali faoliyat yuritadi, ana shu jarayon davomida turli kishilar, guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Har qanday aloqadorlik esa odamga qandaydir majburiyat yuklaydi, ana shu majburiyatni bajarish burchini keltirib chi- 1 Муҳаммад пайғамбар қиссаси. Ҳадислар. – Т.: Камалак, 1991.– Б.66. qaradi. Shunday qilib, burch, oddiy qilib aytganda, ado etilishi, bajarilishi shart bo‘lgan vazifa, majburiyatdir. Burchning manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida maydonga chiqadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy burchi deb xodimlarning jamiyat, davlat qo‘ygan vazifalarni, xizmat vazifalarini majburiy ravishda bajarishlariga aytiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy burchining asosiy mazmunini tashkil etuvchi vazifa va majburiyatlar quyidagilardan iborat: ona Vatan – O‘zbekiston Respublikasiga cheksiz sadoqat bilan xizmat qilish, xizmat burchini o‘z kuchi, hattoki hayotini ayamasdan bajarish; o‘z davlatining konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga qat’iy rioya qilish, buyruq va nizomlarning talablarini bajarish; xizmat vazifasini bajarishda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halol va to‘g‘ri, itoatkor, mehnatsevar, intizomli bo‘lib, barchaga namuna bo‘lish; jinoyatchilikning oldini olish va tugatish bilan bog‘liq maxsus xizmat mashaqqatlariga sabot bilan bardosh berish; kasbga oid bilimlarni muntazam egallash, o‘z uquvi va mahoratini takomillashtirish; halol, intizomli, jasur bo‘lish, xizmat burchini ijro etish chog‘ida oqilona tashabbus ko‘rsatish; «ichki ishlar idoralari xodimi» degan nomni sharaf bilan oqlash, or- nomusini e’zozlash; boshliqlarga so‘zsiz bo‘ysunish (ularning buyruqlari qonunga zid bo‘lmagan taqdirda); o‘zaro birodarlikni e’zozlash, o‘z hayotini ayamasdan o‘rtoqlarini xavf-xatardan qutqarish, ularga so‘z va ish bilan yordam berish, har birining or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilish, o‘zini va boshqa xizmatchilarni tahqirlashlariga yo‘l qo‘ymaslik, ularni noloyiq qilmishlardan tiyib qolish; maxsus yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilish va harbiycha salomlashish qoidalarini bajarish, doimo qoida bo‘yicha, ozoda va orasta kiyinish. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ichki ishlar idoralari xodimlari kasb burchining talablari jamiyat hayotining oddiy qoidalaridan kelib chiqqan holda, shaxs bilan jamiyat, boshliq bilan bo‘ysunuvchi, kattalar bilan kichiklar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling