Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Jahonga mashhur mutafakkirlar vijdon haqida shunday deganlar


Download 0.5 Mb.
bet61/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Jahonga mashhur mutafakkirlar vijdon haqida shunday deganlar:


Dilimizda yashaydigan qonun vijdon deb ataladi. Vijdon aslida xatti-harakatlarimizning shu qonunga muvofiq kelishidir. (I.Kant)

  • Vijdonning buyuk qudrati bor: gunohsizni har qanday qo‘rquvdan forig‘ etgani holda va gunohkorning tasavvurida u o‘zi loyiq bo‘lgan hamma jazolarni muttasil tiklagani holda, ikkovini ham baravar hayajonga solib turadi. (Sitseron)

  • Vijdonimiz, agar uni o‘zimiz nobud etmagan bo‘lsak, pokiza hakamimizdir. (O.Balzak)

  • Orqangda ayblaring bo‘lmasa sof vijdonga egasan. (Goratsiy)

  • Agar miriqib uxlayman desang, o‘rningga sof vijdon bilan yot. (B.Franklin)





1 His, tuyg‘u, hissiyot, ruhiy (ichki) kechinma.

  • Vijdon faqat jinoyat va pastkashlik tufayligina siyqalashadi. (J.Lametri)

  • Jazo berilmagan joyda vijdon azobi boshlanadi. (K.Gelvetsiy)

  • Jinoyatchilarda qolgan yagona fazilat vijdon azobidir. (F.Volter)

Hayotning ma’nosi. Ichki ishlar idoralari xodimlari hayotining ma’nosi deb ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va niyatlariga, ularni amalga oshirish uchun qiladigan xatti-harakatlarining majmuiga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari hayotining ma’nosi jamiyatdagi obyektiv va subyektiv omillar uyg‘unligi darajalari bilan belgilanadi. Bunda obyektiv omillarga:

  • aholining moddiy farovonlik darajasi;

  • xodim oilasining moddiy jihatdan yetarli darajada ta’minlanganligi;

  • huquq, burch, vazifa, majburiyatlarining qonun bilan kafolatlan- ganligi;

  • jamiyatda adolatli huquq tizimining mavjudligi va boshqalar kiradi. Subyektiv omillarga xodimlarning:

  • mavjud jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, axloqiy asoslarini idrok etishi;

  • davlatning maqsad va vazifalarini anglab yetishi;

  • mutasaddi rahbarlarning turmush tarzi haqidagi tushunchalari;

  • boshqalarning ishga va hayotga bo‘lgan munosabatlaridan chiqargan xulosalari;

  • o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati;

  • jinoyatchilar dunyosi haqidagi tasavvurlari va boshqalar kiradi.

Ana shu omillarning mutanosib yoki nomutanosibligi ichki ishlar idoralari xodimlari hayotini ijobiy yoki salbiy tomonga burib yuborishi mumkin. Zero, ona Vatanga sadoqat bilan o‘zbek xalqining tinch-osuda yashashini ta’minlash ichki ishlar idoralari xodimlarining burchi ekan, ular hayotining ma’nosi aql-idrokni ishga solib mehnatkash xalqimizning moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlash yo‘lida o‘zini baxshida etishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.
Yuqorida zikr qilingan axloq kategoriyalaridan tashqari, «baxt»,
«iymon», «adolat» kabi kategoriyalar ham mavjud.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi kategoriyalari o‘zaro aloqada, bog‘lanish va rivojlanishdadir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling