Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet63/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Estetik uyg‘unlik. Uyg‘unlik narsa va hodisalarning go‘zal va xunuk, ijobiy va salbiy, yaxshi va yomon tomonlarining o‘zaro yechimidan kelib chiquvchi va bir butunlikni ifodalovchi, obyektiv mazmunga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Uyg‘unlik mutanosiblik, takrorlanuvchanlik,
muvofiqlik, o‘xshashlik, hamjihatlikni qamrab oladi. Uyg‘unlik faqat tabiatga, jamiyatga xos bo‘lmasdan, balki insonga, uning tabiat va jamiyatdagi narsalar bilan birlashib ketgan faoliyatiga ham taalluqlidir. Shuning uchun ham uyg‘unlik universallik xususiyatiga ega ekanligi bilan boshqa hodisalar, voqea va narsalardan ajralib turadi.
Estetik mukammallik. Mukammallik go‘zallikning obyektiv asosi, yuksak darajasidir. Mukammallikka insonning ehtiyojini qondiruvchi mehnat qurollari, jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keluvchi ijtimoiy- siyosiy tuzum hamda xatti-harakatlari bilan o‘zgalarning talabini qondiradigan odamlar misol bo‘lishi mumkin.
Kasb estetikasi kategoriyalarining tur va shakllari. Nafosat obyektivlik va subyektivlik xususiyatlariga ega bo‘lib, muayyan va nisbiydir. Chunki bir joyda va bir vaqtda nafosatli, go‘zal bo‘lgan narsa boshqa bir joy va vaqtda xunuk bo‘lishi mumkin.
Nafosat go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va pastkashlik, qahramonlik va qo‘rqoqlik, kulgililik va fojiaviylik kategoriyalari orqali namoyon bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb estetikasi kategoriyalariga quyidagilar kiradi:

  • go‘zallik va xunuklik;

  • ulug‘vorlik va tubanlik;

  • qahramonlik va qo‘rqoqlik;

  • kulgililik va fojiaviylik.

Estetika kategoriyalari, bir tomondan, insonning voqelikka estetik munosabatidagi muhim, zaruriy bog‘lanishlarni o‘zida aks ettirsa; ikkinchi tomondan, voqelikni nafosat qonunlari asosida o‘zlashtirishning yo‘nalish- larini belgilab beruvchi metodologik asos vazifasini ham bajaradi.
Voqelikni nafosat qonunlari asosida o‘zlashtirish, eng avvalo, ichki ishlar idoralari xodimlarining ish joylarini, mehnat vositalarini badiiy jihatdan qayta jihozlashi, ya’ni ishning samaradorligi oshib borishini ta’minlaydigan, uning zavq-shavq bilan ishlashiga, ma’naviy-madaniy dam olishiga imkon beradigan go‘zal muhit yaratishida ko‘rinadi, ularning turmushi, xulq-atvori va mehnat estetikasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shunday qilib, ichki ishlar idoralari xodimlari kasb estetikasi kategoriyalari o‘zining amaliy ifodasini texnikaviy estetika, turmush estetikasi, xulq-atvor estetikasi, mehnat estetikasida topadi va har bir xodim hamda xizmat jamoalarining estetik madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling