Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet89/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Kiyinish madaniyati va uning ichki ishlar idoralaridagi xususiyatlari. Kiyim insonni hayvonot dunyosidan ajratib turuvchi turmush ziynati hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • odam tanasini boshqalar nigohidan yashirib turish;

  • turli tabiiy sharoitlardan – qishda – sovuqdan, bahor va kuzda – namdan, yozda esa quyosh nuri, chang va hasharotlardan himoya qilish;

  • yurish-turish va mehnat qilishda qulaylikni ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash;

  • ko‘rkamlik, go‘zallik bag‘ishlab, odamni latofatli va nafosatli qilib ko‘rsatish.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kiyinish madaniyati deb ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan harbiy libos kiyish va farqlovchi belgilar taqib yurish qoidalariga og‘ishmay amal qilish asosida o‘z qadr-qimmatini saqlash va butun ichki ishlar organlarining obro‘-e’tiborini himoya qilishga qaratilgan axloqiy-estetik xatti-harakatlari tizimiga aytiladi.
Kiyim kiyish madaniyatini yaxshi o‘zlashtirish uchun, avvalo, kiyim turlarini farqlay bilish kerak. Kiyimning quyidagi turlari mavjud:

  • ichki va ustki kiyim, oyoq va bosh kiyimlari;

  • erkaklar, ayollar, bolalar yoki yoshlar kiyimlari;

  • kunduzgi, kechki, tungi kiyimlar;

  • uyda va ko‘chada kiyiladigan kiyimlar;

  • qishda, yozda, bahor va kuzda kiyiladigan kiyimlar;

  • kasb-korga bog‘liq kiyimlar (korjoma), maxsus (formali) kiyimlar va boshqalar.

Ichki ishlar idoralari xodimlari kiyimlarining quyidagi turlari mavjud:

  • kundalik ish kiyimi (hamma mavsumlarga mo‘ljallangan);

  • jangovor topshiriqlar (operatsiyalar) hamda dala mashqlarini bajarish vaqtida kiyiladigan maxsus kiyimlar (komuflyaj);

  • bayram, tantana (namoyish) va boshqa kasb an’analarini o‘tkazish, nishonlash vaqtida kiyiladigan kiyimlar va h.k.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining egnidagi kiyimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
birinchidan, xodimning bo‘y-bastiga mos kelishi;
ikkinchidan, nihoyatda toza va dazmollangan, har qanday ortiqcha ip va matolardan xoli bo‘lishi;
uchinchidan, tugmalari qadalgan bo‘lishi, metall elementlari toza va yarqirab turishi;
to‘rtinchidan, davlatimizning ramziy belgilari – gerb, bayroq, yulduz va boshqalar – aks etgan farqlovchi belgilar joyiga qadalgan bo‘lib, aniq ko‘rinib turishi, odamlar nigohini o‘ziga tortishi, ularda faxr-iftixor hissini uyg‘otishi;
beshinchidan, hukumat nishonlarini (orden va medallarini) aks ettiruvchi belgilar kundalik ish kiyimlariga, ularning o‘zlari esa tantanada kiyiladigan kiyimlarga taqib yurilishi;
oltinchidan, oyoq kiyimi nihoyatda toza bo‘lishi, yaltillab turishi;
yettinchidan, kiyim-bosh mavsumga, bajarilayotgan ish turiga qarab va kiyish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kiyilishi kerak.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining maxsus kiyim-kechagini kiyganda va uni kiyish bilan bog‘liq holda quyidagilar qat’iyan man etiladi:

  • qimor o‘ynash, spirtli ichimliklar iste’mol qilish;

  • to‘y-hasham, restoranlarga borish, u yerda raqsga tushish;

  • noharbiy kiyimlar bilan aralashtirib kiyish;

  • mavsumga mos bo‘lmagan kiyimlar kiyish, kiyimni iflos tutish;

  • davlat belgilari va boshqa farqlovchi belgilarni noto‘g‘ri taqish, ularga nisbatan hurmatsizlik qilish;

  • kiyimlarni o‘zgalarga berish, bosh kiyimsiz, iflos oyoq kiyimi, ayniqsa, ta’mirlanmagan, moylanmagan poyafzalda aholi oldida, ish joyida yurish;

  • cho‘ntaklarni turli narsalar bilan to‘ldirish yoki qo‘lni cho‘ntakka tiqib yurish;

  • xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilish;

  • formadan o‘z xizmat vakolatini suiiste’mol qilgan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanish va kiyim kiyish qoidalariga zid boshqa xatti- harakatlarni sodir etish.

Yuqoridagilarni xulosalab, shuni qayd etish mumkinki, ichki ishlar idoralari xodimining tashqi ko‘rinishi, birinchidan, uning ichki madaniyati, ya’ni tirishqoqligi, xizmatga shayligi, intizomliligi, o‘z kasbi va atrofdagilarga munosabatini bildiruvchi; ikkinchidan, fuqarolar va hamkasblarining ishonchiga sazovor qiluvchi; uchinchidan, insonga estetik zavq beruvchi; to‘rtinchidan, atrofdagilarga axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ularni tarbiyalovchi omillardan hisoblanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling