Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- JINOYATCHILIK DUNYOSINING UMUMINSONIY AXLOQ VA ESTETIK MADANIYATGA ZID HAYOTI. ULARNI BILISHNING ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI UCHUN AHAMIYATI
Takrorlash uchun savol va topshiriqlarAxloqiy nizo deb nimaga aytiladi? Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida qanday ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin? Ichki ishlar idoralari xodimlari bilan aholi o‘rtasida va o‘zaro yuzaga keladigan axloqiy nizolarning turlari to‘g‘risida gapirib bering. Axloqiy nizolarning oldini olish va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikringizni bildiring. Axloqiy tanlov deb nimaga aytiladi va uni amalga oshirishning qanday talablari mavjud? Professional tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz? 7.Tavakkalchilikning tur va shakllarini aytib bering, kasb tavakkalchiligining ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni to‘g‘risida suhbatlashing. bobJINOYATCHILIK DUNYOSINING UMUMINSONIY AXLOQ VA ESTETIK MADANIYATGA ZID HAYOTI. ULARNI BILISHNING ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI UCHUN AHAMIYATI §. JINOYATCHILIK DUNYOSINING TARKIBI VA ULARDA AMAL QILUVCHI QONUNLARNING AXLOQIY MAZMUNI Har qanday jamiyatning hayoti va faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bir tomondan, mazkur jamiyat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarga, umuminsoniy axloq normalari va prinsiplariga amal qilib erkin yashayotgan odamlarni, ikkinchi tomondan esa, o‘rnatilgan tartib, qonun- qoida, axloq normalariga zid xatti-harakatlar qilgan holda ijtimoiy jihatdan xavfli, aybli qilmishlar sodir etib yashayotgan shaxslarni ko‘ramiz. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasida: «Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfni keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi»1, – deb jinoyat tushunchasiga ta’rif berilgan. Shundan kelib chiqqan holda jinoyatchilar dunyosiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Jinoyatchilar dunyosideb davlatning ijtimoiy tuzumi, siyosiy va iqtisodiy tizimlari, o‘rnatilgan huquqiy-tartibda, shuningdek mulkka, shaxsga, fuqarolarning siyosiy, mehnatga oid mulkiy va boshqa huquq va erkinliklariga qarshi aybli ijtimoiy xavfli harakat va harakatsizliklarni muntazam ravishda sodir etib yashovchi kishilarning turmush tarziga aytiladi. Xalqaro kriminalistlar ittifoqining 1897 yilda Geydelbergda bo‘lib o‘tgan qurultoyida jinoyatchilar olamini quyidagicha tasniflash to‘g‘risida kelishib olingan edi: vaqti-vaqti bilan, tasodifan jinoyat qilib turuvchi jinoyatchilar; bir necha marotaba jinoyatlar sodir etib, jinoyatchilik sari og‘ib ketayotgan jinoyatchilar; 1 Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. Расмий нашр. – Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 2001. – Б.6. jinoyat qilishni o‘ziga kasb qilib olgan professional jinoyatchilar. Hozirgi zamon jinoyatchilar dunyosining tarkibiy tuzilishini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning bir necha toifaga bo‘linganligini va har bir toifadagi jinoyatchilarning o‘ziga xos ichki va tashqi turmush tarzi, unda amal qiluvchi qandaydir qonunlar va axloq, xulq-atvor normalari borligini, ularning barchasi aslida jinoyatchilar dunyosini takomillashtirishga qaratilganligini ko‘ramiz. Jinoyatchilar dunyosining axloqi va estetik madaniyati deganda, eng avvalo, ularning umuminsoniy axloqqa zid bo‘lgan illatlar jumlasiga kiruvchi yozilmagan xulq normalari, ko‘rsatmalar, til (jargon), sulukat, qo‘shiq, musiqa, tatuirovkalari kiradi. Bularni bilmay turib jinoyatchilar dunyosida bo‘layotgan o‘zgarishlarni bilish va ularga qarshi samarali kurashish mumkin emas. Hozirgi kunda jinoyatchilar dunyosi quyidagi toifalardan tashkil topgan: «qonundagi o‘g‘rilar» («воры в законе »); «avtoritet – obro‘lilar («авторитеты»); «ishbilarmonlar» («дельцы»); «qimorbozlar» («каталы»); «shestyorkalar» («tilyog‘lamachilar»); «mujiklar» («erkaklar»); «patsanlar» («bolalar», «yigitchalar»); «sho‘rpeshonalar» yoki «pastkashlar» («обиженные» ili « опущенные»). Ulardan dastlabki beshtasi jinoyatchilar dunyosining o‘zagini tashkil qiluvchi professional jinoyatchilar guruhlariga kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling