Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
«Qonundagi o‘g‘rilar». Jinoyatchilar dunyosining «oliy tabaqasi»ga kiruvchi bu toifadagi jinoyatchilarni o‘zining og‘ir va o‘ta-og‘ir jinoyatlari bilan kamida 2-3 marotaba qamalib chiqqan, jazoni o‘tash joylarida 13-15 yillab o‘tirgan, jinoyatchilar dunyosining barcha axloqiy qonun-qoidalarini puxta o‘zlashtirib olgan, jinoyatchilar dunyosida obro‘-e’tibor qozongan hamda o‘g‘rilarning maxsus yig‘inlarida ushbu «oliy unvonni» olgan professional jinoyatchilar tashkil qiladi.
«Qonundagi o‘g‘rilar»ga qo‘yiladigan asosiy axloqiy talablar quyidagilardan iborat: «o‘g‘rilar g‘oya»siga cheksiz sodiqlik; jinoyat qilishda tajriba va katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish; o‘g‘rilar «qonunlari»ni puxta bilish; «obro‘sizlantiradigan» (armiyada xizmat qilganligi, partiyaga a’zo bo‘lganligi, davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlanganligi haqidagi) ma’lumotlarning bo‘lmasligi; jinoyatchilar dunyosida nufuzga ega bo‘lganlardan og‘zaki yoki yozma tavsiyanomaning bo‘lishi. Hayot o‘zgarishi bilan «qonundagi o‘g‘rilar»ning turmush tarzi, ularga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib boradi. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan «qonundagi o‘g‘rilar» 50-yillardagilaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: birinchidan, jinoyatni bevosita o‘zlari emas, balki boshqalar («piyoda»lar) yordamida amalga oshirishi; ikkinchidan, katta tashkiliy ishlarni bajarish, ya’ni huquqni muhofaza qiluvchi va ma’muriy organlar bilan aloqa o‘rnatib, ishni o‘z foydasiga hal qilish bilan shug‘ullanishi; uchinchidan, bevosita o‘g‘rilik bilan emas, balki reket, qimor o‘yini, giyohvandlik bilan shug‘ullanishlari. Shunday qilib, hozirgi kunda «qonundagi o‘g‘rilar»ning ikki toifasini, ya’ni eski o‘g‘rilar an’analariga sodiq qolib, ularning qonunlarini qat’iy ravishda amalga oshirayotgan «nepman o‘g‘rilar» hamda eski qonun- qoidalarni zamonga moslab o‘zgartirgan «yangi o‘g‘rilar»ni kuzatish mumkin. «Yangi o‘g‘rilar» qamoqda o‘tirgan bo‘lishi shart emas, ular katta pul evaziga «qonundagi o‘g‘ri» rutbasi (tituli)ni sotib olib, eski «nepman o‘g‘rilar»ga qarshi kurash olib boradilar. Bu kurash ko‘pincha bir-birlarini jismonan yo‘q qilish bilan tugaydi. Umuman olganda, «qonundagi o‘g‘rilar» quyidagi axloqiy yomonliklarni bajaradilar: jinoyatchilar turmush tarzini, o‘g‘rilik «axloqi», xulq-atvori qonun- qoidalarini targ‘ib qilish, o‘z saflarini o‘g‘rilarning urf-odatlarini yaxshi egallab olgan yoshlar bilan to‘ldirish; boshqa uyushgan jinoyatchi guruhlar bilan aloqa o‘rnatish, bitim tuzish, ularga o‘zlarining ta’sirini o‘tkazish hamda yangi xulq normalarini ishlab chiqib, jinoyatchilar dunyosiga tatbiq etish; umumiy pul jamg‘armasini tashkil qilish va uni muntazam to‘ldirib borish; o‘g‘rilar, firibgarlar va boshqa tekintomoqlarni topish hamda ular ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatish; qamalgan o‘g‘rilarga, ularning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish; o‘g‘rilar yig‘inlarini chaqirish va ularda ko‘riladigan masalalarni belgilab olish;1 jinoyat qidiruv xodimlariga qarshi ish olib borish, o‘zga jinoyatchi guruhlar tomonidan tarqatilayotgan gap-so‘zlarni tekshirib ko‘rish, jinoyatchilar boshliqlarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil qilish; jinoyatchilar o‘rtasida vujudga kelgan nizolar, ziddiyatlarni hal qilish, ularning «axloq» normalariga, qonunlariga mos kelmagan xatti- harakatlarni sodir etganlarni sud qilish, qilmishiga yarasha jazo choralarini belgilash, ijro etilishini nazorat qilish va h.k. Xuddi shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida qamoq jazosini o‘tayotgan «qonundagi o‘g‘rilar» quyidagi axloqiy yomonliklarni bajaradilar: o‘ziga rutbasi to‘g‘ri keladigan yoki o‘g‘rilarning oliy tabaqasiga mansub yoki shularga yaqin bo‘lgan jinoyatchilar bilan aloqa qilish; JIEMda bajaradigan g‘ayriinsoniy, axloqqa zid ishlarni bevosita o‘zi emas, balki xizmatkorlari – «tilyog‘lamachilar», ularning qilgan gunohini o‘ziga oluvchi «balogardonlar» («громоотводы»), jazolash ishlarini bajaradigan «buqalar» («быки»), «askarlar» orqali amalga oshirish; tashqi dunyo bilan maxfiy «yo‘llar» orqali aloqada bo‘lish, ya’ni taqiqlangan turli narsalar, pul va oziq-ovqat kabilar olib turilishini ta’minlash; qamoqdagi nazoratchilar ustidan har xil ig‘vo gaplar tarqatuvchi guruhga rahbarlik qilish, qonunlarni buzib talqin etish kabi targ‘ibot- tashviqot ishlarini uyushtirish; kamera, oshxona, yotoq yoki hammomda o‘ziga yoqqan joyni zo‘rlik bilan egallash; JIEM rahbarlarining, xodimlarining xatolarini, ishdagi kamchiliklarini topish va ulardan buzg‘unchilik, ig‘vo maqsadlarida unumli foydalanish; qiyin ishlarni bajarmaslik, brigadirlik, sartaroshlik kabi oson ishlar bilan shug‘ullanish; JIEM xodimlari va harbiy xizmatchilar orasidan g‘ayriqonuniy ish qiluvchilarni topib, ular bilan aloqa o‘rnatish; 1 O‘g‘rilar yig‘ini – «o‘g‘rilar hayoti»ning muhim masalalarini, masalan, pul jamg‘armasini tashkil qilish, uni to‘ldirish, sotqinlarni yo‘q qilish, har xil nizolarni hal qilish kabi masalalar bo‘yicha ko‘pchilik tomonidan «demokratik» asosda qaror qabul qiladigan kengash hisoblanadi. belgilangan shakldagidan ajralib turuvchi kiyim-bosh kiyish, har xil maishiy buyumlarga ega bo‘lish va h.k.1 Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling