Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet129/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

§. PROFESSIONAL JINOYATCHILARNING AXLOQIY YOMONLIK QONUNLARI

Professional jinoyatchilar deb o‘z hayotlarida bir necha marta aybli ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etib, muayyan bilim va tajriba to‘plagan holda faqat jinoyat sodir etish tufayli qo‘lga kiritilgan moddiy ne’matlar evaziga yashashni kasb qilib olgan kishilarga aytiladi.
Professional jinoyatchilar axloqining mohiyati va xususiyatlari ularning axloqiy yomonlik qonunlarida o‘z ifodasini topgan.
Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlariga quyidagilar kiradi:

  1. Har bir jinoyatchining, jinoyatchilar guruhi a’zolarining asosiy vazifasi, burchi «o‘g‘rilar g‘oyasi»ga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Ushbu qonun har bir jinoyatchidan: a) jinoyat sodir etish hayotining bosh maqsadini tashkil etishini; b) to‘plagan mablag‘larini o‘g‘rilarning umumiy pul mablag‘lari jamg‘armasiga topshirishni, oshiqchasini esa har xil ko‘ngilxushliklar, qimorbozlikka sarflashini; v) maxfiylik qoidalariga qat’iy amal qilishni, har qanday ahvolda ham, ya’ni qiynoqqa solinganda ham, narkotik moddalar ta’sirida ham, aqldan ozganda ham «o‘g‘rilar birodarligi» g‘oyalariga sodiq qolib, ularni sotmaslikni, huquqni muhofaza qiluvchilarga hech qanday ma’lumotni oshkor qilmaslikni; g) jamiyat uchun foydali mehnat qilmaslikni, ya’ni umumiy foydali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish («frayer uchun ishlash»)ni eng iflos, hazar qilinadigan ish deb bilishni; d) oila qurmaslik, qarindoshlar bilan aloqada bo‘lmaslikni talab qiladi. Bu talablarni buzganlar qattiq jazolanadilar.

Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari jinoyatchining o‘z onasi bilan normal insoniy munosabatda bo‘lishigagina monelik qilmaydi. Biroq jinoyatchining badaniga yozilgan «Ne zabudu mat rodnuyu» degan tatuirovkaning onaga bo‘lgan mehr-muhabbatni ifodalashga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu tatuirovka ularning faqat jinoyatchilar guruhiga bo‘lgan muhabbati, sadoqatini, jinoyatchilar dunyosini «jonajon ona» deb bilishlarini ifodalaydi, xolos.
Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari jinoyat- chilarning ishq-muhabbatlari, jinsiy hayoti borasida ularga faqat buzuq ayollar («shalavalar») bilan ishqiy-intim munosabatda bo‘lishlariga, ya’ni ba’zida er-xotin bo‘lib yashashlariga ruxsat beradi. Bunda professional jinoyatchining xotini boshqa jinoyatchilarni ham intim jihatdan ta’minlab yurishi kerakligi, ayniqsa uning «qonuniy eri» qamoqqa tushsa, uning boshqa jinoyatchilar ixtiyoriga o‘tib ketishi, ayni vaqtda qamoqdagi eridan xabar olib turishi talab qilinadi.
Bunday «shalava» xotinlar garchand o‘z xohishi bilan o‘g‘rilarning xotini bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘g‘rilar dunyosiga kirgandan keyin ular bu hayotdan o‘z ixtiyorlari bilan chiqib ketolmaydilar va bir umr o‘g‘rilar dunyosining qul xotiniga aylanib qoladilar. Har qanday xiyonat, jinoyatchilar dunyosidan chiqib ketishga urinish ular uchun fojiali tugashi muqarrar.
Hozirgi zamon jinoyatchilari bola-chaqa masalasida ham axloqiy tarbiyani jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari asosida olib borishga harakat qiladilar. Ayniqsa, professional jinoyatchining bolasi
jinoyat sodir etsa, u bola va uning otasi katta nufuzga ega bo‘lib, unga ishonch bildiriladi. Bundan asosiy maqsad ana shu jinoyatchilar ichidan
«qonundagi o‘g‘rilarni» tarbiyalab yetishtirish hisoblanadi.

  1. Har qanday professional jinoyatchining davlat organlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan aloqa qilishlari, munosabatda bo‘lishlari qat’iyan taqiqlanadi.

Bu qonunni joriy qilishdan asosiy maqsad jinoyatchilarning o‘z sheriklarini sotmasligini, ularning o‘g‘rilar ishi va g‘oyasiga sodiq qolishini ta’minlashdan iborat. Shunga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchilar bilan qilingan har qanday aloqa xiyonat hisoblanadi. Bordiyu, jinoyatchi davlat organlariga, qamoq joylaridagi ma’muriyatga biron-bir axborot bersa, darhol jinoyatchilarning «qardoshlik» oilasidan chiqariladi va jinoyatchilar sudi tomonidan o‘limga hukm etiladi.
Bu qonunni amalga oshirish uchun maxsus «qasamyod» qilish qoidalari ishlab chiqilgan. Har qanday yosh, qobiliyatli o‘g‘ri ma’lum sinov tajribalaridan o‘tganidan so‘ng, jinoyatchilar dunyosiga qabul qilinishi oldidan «qasamyod» qabul qiladi. Bu «qasamyod»da, masalan,
«men, yosh patsan sifatida o‘g‘rilar yo‘lini tanlar ekanman, mana shu yig‘inda ishtirok etayotgan o‘g‘rilar oldida, butun umrim davomida sadoqatli o‘g‘ri bo‘lishga, organchilar bilan hech qanday munosabatda bo‘lmaslikka qasam ichaman...», – deyiladi.
Bu qasam jinoyatchilar dunyosi axloqiy yomonlik qonunlarining oliy cho‘qqilardan biri hisoblanadi. Ana shunday qasamyod qilganlargagina o‘g‘rilar ishonadilar. «Qasamyod»ni buzganlar, albatta, o‘limga hukm etiladilar. Bu axloqiy yomonlik tilsimotini ichki ishlar idoralarining har bir xodimi yaxshi bilmog‘i zarur.

  1. Har qanday jinoyatchi, o‘z guruhi a’zolariga nisbatan halol va to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi lozim. Bu qonun teng toifadagi jinoyatchilarning bir-birlari bilan urishishini, har xil haqoratomuz so‘zlar bilan so‘kinishlarini taqiqlaydi. O‘g‘rilar «odobi»da teng toifadagilar o‘rtasida «qo‘l siltash»ga ruxsat beriladi, xolos. Biroq bu axloqiy talablar o‘zlaridan pastki tabaqadagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Yuqori tabaqadagilar, pastki tabaqadagilarni urishi, so‘kishiga ruxsat etiladi. Shuning uchun «qonundagi o‘g‘rilar» o‘zlarini jinoyatchilar dunyosining «knazlari» deb ataydilar.

  2. «Qonundagi o‘g‘ri» qamoq joylaridagi tartibni nazorat qilishi, jinoyatchilar orasida butunlay o‘z hokimiyatini o‘rnatishi va uning ishlashini ta’minlashi shart. Bu qonun qamoq joylarida «qonundagi

o‘g‘rilar» boshchiligidagi hokimiyatni o‘rnatib, jinoyatchilar dunyosining bir butunligini ta’minlash va ularni yangi a’zolar bilan to‘ldirish maqsadiga xizmat qiladi. Bu ishni amalga oshirolmagan «qonundagi o‘g‘ri» o‘g‘rilar yig‘ini oldida javobgar hisoblanadi va tegishli jazo oladi.

  1. Har bir o‘g‘ri-jinoyatchining asosiy vazifalaridan biri jinoyatchilar dunyosini yangidan-yangi a’zolarga to‘ldirish bilan muntazam ravishda shug‘ullanishdir. Bu qonun jinoyat qilishga moyil yoshlar orasida

«g‘oyaviy-mafkuraviy ish» olib borishni, ya’ni jinoyatchilar dunyosidagi erkinlik, chiroyli hayot, har xil qo‘shiqlar, tatuirovkalarni targ‘ib qilish, ularni narkotik moddalar iste’mol qilishga, spirtli ichimliklar ichishga va har xil buzuq ayollar bilan jinsiy aloqa qilishga o‘rgatish; shantaj qilish, qo‘rqitish, ig‘vo qilish, qimor o‘yinlariga jalb qilish, qarzdor qilish orqali ularni jinoyatchilar dunyosiga jalb etib, o‘g‘rilar saflarini kengaytirish va jinoyatchilar avlodining uzluksiz davom etishini ta’minlashni talab qiladi.

  1. Har qanday professional jinoyatchining siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, ya’ni
    Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling