Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet134/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

2-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING AXLOQIY- KASBIY BUZILISHINI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR VA SHART-SHAROITLAR
Axloqiy buzilish sabablari. O‘zbekiston xalqi ezgu niyatlar bilan ijtimoiy adolat, tenglik, barqarorlik va birodarlikka asoslangan jamiyat qurayotgan vaqtda uning bag‘rida paydo bo‘lib qolayotgan ba’zi bir illatlarni ham uchratamiz. Xo‘sh, bunday salbiy hollarning kelib chiqish sabablari nimada? Bunga quyidagilar sabab bo‘lmoqda:
Birinchidan, bozor iqtisodiyotini noto‘g‘ri tushunish, uni har xil yo‘llar bilan boylik orttirishdangina iborat deb o‘ylash, ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ayrim badnafs fuqarolarning qonunga, umuminsoniy axloqqa zid harakatlar orqali mol-dunyo orttirishga intilayotganliklari kuzatilmokda. Bu xususida I.A.Karimov: «Bugun shuni tan olishimiz kerakki, bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan bir paytda ko‘p salbiy oqibatlar yuzaga chiqmoqda. Eski tizim qonunlari ishdan chiqib, yangi tizim qonunlari yetishmasligi va hayotda ishga kirmaganligi poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, qalloblik illatlarining paydo bo‘lishiga va kuchayishiga olib kelmoqda. Lekin bunday holat, qanday tizim hukmronlik qilishidan qat’i nazar, avvalambor, ayrim kishilarning qonida bor nopokligi, firibgarligi, vatan va millat manfaatlariga befarq qarashi, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri uchun mas’uliyatsizlik, ochiqroq
aytadigan bo‘lsak, ularning ma’naviy qashshoqligi tufayli ko‘zga tashlanmoqda»1 , – degan edi.
Shuning uchun ham bunday ijtimoiy illatlarning oldini olish yo‘llari to‘g‘risida fikr bildirgan I.A.Karimov: «Bozor munosabatlariga o‘tish – hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o‘tkazuvchn o‘ziga xos imtihondir. Bunda ma’naviy bo‘shliqqa yoki ko‘ngilga kelgan ishni qilaverishga berilishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chinakam sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari, bozor vositalari faqat yuksak ma’naviyat negizida, yuksak axloqlilik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin. Aks holda boshboshdoqlik va tartibsizlik hukm suradi»2,
– deb uqtiradi. Darhaqiqat, jinoyatlar, poraxo‘rlik va odamlarning ma’naviy tanazzulga yuz tutishi, ruhiy inqirozi bilan qorishib ketgan soxta bozorning vujudga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, «biz bu illatlarni deb mustaqillik va suverenitetga intilgan emasmiz. Mana shularni deb tub islohotlar yo‘liga kirgan emasmiz»3.
Ikkinchidan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ishonish yetishmaydi, yetarlicha murabbiylik qilinmayapti, ularning tashabbusini bo‘g‘ish hollari uchramoqda. Bu axloqiy yomonlik to‘g‘risida I.A.Karimov: «Men bir narsaga qattiq ishonaman: yoshlarda shijoat bor, yangilikka intilish bor, ixtiro qilishga, kashfiyot yaratishga ishtiyoq bor. Lekin ularning oldida katta bir to‘siq turibdiki, bu to‘siqni ba’zan zambarak o‘qi bilan ham otib qulatib bo‘lmaydi. Bu to‘siqning nomi byurokratiya, tamagirlik, mahalliychilik, urug‘chilik.
O‘sib kelayotgan yoshlarga quloq solishi, madad berishi lozim bo‘lgan ko‘p mansabdorlarda insof, diyonat yo‘qligi ham shu to‘siqning bir ko‘rinishidir. Bunday odamlarning niyati aniq – besh-o‘n yil amallab o‘tirgan mansabini yo‘qotmasa, mo‘may maoshi va xufiya «shapka»sini olib tursa, marra uniki – u yog‘i pensiya. Mustaqil davlatimizning bugungi bosh shiorlaridan biri – yurtim deb, elim deb yonib yashash undaylarning tushiga ham kirmaydi.


1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқ- болининг асосий тамойиллари // Унинг ўзи. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б. 37.
2 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йў- лида // Унинг ўзи. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996. –Б. 37. – Б. 275.
3 O‘sha manba. – B. 276.
Oqibatda yangilik kurtakligidayoq nobud bo‘ladi va uni boshlagan yosh tadbirkorning hafsalasi pir bo‘ladi, taraqqiyoti, intilishi so‘nib qoladi»1, deb haq gapni aytgan edi.
Uchinchidan, qonunlarning o‘z vaqtida qabul qilinmasligi yoki qabul qilingan qonunlarning o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmasligi, natijada fuqarolarning axloqiy ongida ikkilanishlarning paydo bo‘lishiga hamda huquqiy madaniyatning shakllanishi past darajada qolib, ularning shu asosda har xil huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklarni sodir etishlari.
«Huquqiy madaniyat darajasi, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – faqat- gina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U – qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir. U – odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani
– turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»2.
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, albatta, ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatiga, turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarining tashqi sabablari, xolos. Uning tub sabablarini esa ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatini tashkil etishda, boshqarishda, xizmat jamoalarida axloqiy-ruhiy-ma’naviy muhitda, tarbiyada yo‘l quyilgan kamchiliklardan izlash kerak.
Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishining obyektiv va subyektiv sabablari bor.
Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishining obyektiv sabablari quyidagilardan iboratdir:

  • professional faoliyatning xususiyatlari, ya’ni qiyin va xavfli sharoitlarda, favqulodda holatlar va ekstremal vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, o‘limga tik qarab, jismoniy va ruhiy jihatdan zo‘riqib ishlashlari, ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘z qobiliyatini tiklab olish uchun vaqt yetishmasligi;

  • jinoyatchilar dunyosi bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lish, ularning salbiy ta’sirini sezish va oqibatda ularga qo‘shilib ketish hollarining mavjudligi;



1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари // Унинг ўзи. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. –Т.: Ўзбекистон, 1996. –Б. 37.
2 O‘sha manba. – B. 22.

  • ishni tashkil qilish va boshqarishda xato va kamchiliklar, ya’ni hisobotlarning takomillashmaganligi, xizmat sohalari o‘rtasida birgalikda harakat qilishning yo‘qligi, miqdor ketidan quvish, haybarakal- lachiliklarning hamon uchrab turishi;

  • birga ishlayotgan ba’zi xodimlarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishlari, ishga sovuqqonlik bilan yondashishlari, odamlarga nisbatan befarqlik, yuzaki munosabatda bo‘lishning yangi kelgan yoki vijdonli, mehnatkash va intizomli xodimga salbiy ta’siri;

  • rahbar xodimlar va bevosita boshliqlar tomonidan nazorat qilish ishlarining muntazam ravishda tashkil qilinmaganligi yoki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;

  • operativ-texnika bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik, zarur asbob- uskunalar bilan jihozlanmaganlik;

  • oilaviy munosabatlardagi va turmush sharoitidagi qiyinchiliklar;

  • kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolar;

  • xodimlarni tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda hisob-kitobdan adashishlar, ya’ni yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘yishlar;

  • miqdor ortidan quvish, ushbu ko‘rsatkichlarning ichki ishlar organlarining o‘zlarida shakllanishi va qayd etilishi hamda ularning xaspo‘shlanishi va h.k.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy-kasbiy buzilishlarini keltirib chiqaruvchi subyektiv sabablar quyidagilardan iboratdir:

  1. xodimlarning xizmat-kasb sohasidagi bilim darajasi nihoyatda pastligi va o‘z kasb mahoratini oshirishga urinmasliklari, o‘z ishiga tanqidiy nazarning yo‘qligi, to‘plagan arzimas tajribasiga haddan tashqari ishonish va h.k.;

  2. xizmat vazifasini bajarishga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor emaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik, bo‘shanglik, spirtli ichimliklar ichishga ruju qo‘yganlik va h.k.;

  3. xizmat jamoasidagi axloqiy-ma’naviy-ruhiy muhitning yomonligi, shaxs va jamoa o‘rtasidagi manfaatlar va maqsadlarning mushtarak emasligi;

  4. xodimlar axloqiy, xizmat va irodaviy tayyorgarligining yetarli darajada emasligi;

  5. xizmat jamoasi manfaatlarini mansabparastlik, guruhbozlik manfaatlaridan ajrata olmaslik;

  6. xodimlarning o‘z ish vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qila olmasliklari, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan xalos bo‘lish usullarini bilmaslik, ishdagi va oiladagi tashvishlardan o‘zini xoli qilolmaslik va h.k.

Kasbiy buzilishning obyektiv va subyektiv sabablari o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q. Bir joydagi obyektiv sabab ikkinchi joyda subyektiv bo‘lishi va, aksincha, bir joydagi subyektiv sabab boshqa bir joyda obyektiv bo‘lishi mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining subyektiv kamchiligi boshqa xodimlarga, qolaversa, boshqa fuqarolarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ularning ongini zaharlashi mumkin. Bu to‘g‘rida I. A. Karimov: «Militsiya o‘z burchini bajarmasa, bojxona xodimlari poraxo‘r bo‘lsa, prokuror zaif, o‘yinchi bo‘lsa, hokimlarning qulog‘i kar, ko‘zi ko‘r bo‘lsa, oddiy fuqaro kimga boradi? Uni kim himoya qiladi? Uning g‘amini, tashvishini kim chekadi? Qani adolat, qani haqiqat? Shu ishni bajarmasa, yelkasiga pogon taqqanlar nega kerak.
Oddiy odamlar, xalq ana shu voqealarni, qing‘irliklarni ko‘radi-da, unda hammasi quruq gap, adolat yo‘q, bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham degan fikr tug‘iladi. Eng yomoni shunda»1,– degan edi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling