Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet135/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Axloqiy-kasbiy buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillar. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy buzilishiga olib keluvchi obyektiv va subyektiv sabablardan tashqari bir qancha omillar ham mavjud. Bu omillar quyidagilardan iborat:
Yuridik omillar:

  • jinoyat-protsessual qonunlarning nomukammalligi;

  • operativ ish boshqaruvidagi noaniqliklar;

  • xodimlarni boshliqlarning noto‘g‘ri buyruqlaridan himoya qiluvchi yuridik kafolatning yo‘qligi.

Iqtisodiy omillar:

  • aniq iqtisodiy rag‘batlantirishning yo‘qligi;

  • ish haqini to‘lashdagi asossiz tenglashtirishlar;

  • maxsus unvonlar berish darajasining samarali emasligi;

  • ish vaqtida daromadni oshirish imkonining yo‘qligi;

  • texnika bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik;

  • moddiy-texnika bazasining yo‘qligi yoki eskirganligi.





1 Каримов И.А. Ватан, эл манфаати – муқаддасдир // Унинг ўз. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2. – Т.: Ўзбекистон, 1996.– Б. 66-67.
Tashkiliy omillar:

  • kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi kamchiliklar;

  • rahbarlar tomonidan nazoratning yo‘qligi;

  • ichki ishlar faoliyatining o‘ziga xosligi;

  • ishni baholash mezonlarining takomillashmaganligi, hisob-kitob ishlarining yaxshi tashkil qilinmaganligi;

  • xodimlarning malakasini oshirishga e’tibor berilmasligi;

  • rahbarlarning ishga uning mohiyatini tushunmasdan asossiz ravishda aralashishlari.

Intellektual omillar:

  • xodimlar bilimining yetishmasligi;

  • huquqiy, axloqiy, siyosiy va umumiy kasbiy madaniyatning shakllanmaganligi yoki yetarli rivojlanmaganligi;

  • qo‘l ostidagilarni va o‘z-o‘zlarini tarbiyalashdagi kamchiliklar.

Ijtimoiy-ma’naviy-ruhiy omillar:

  • rahbarlarning qo‘polligi va o‘zini boshqara olmasligi;

  • ijtimoiy guruhbozlik, milliy biqiqlik;

  • o‘ziga haddan tashqari ishonish;

  • takabburlik va mansabparastlik;

  • o‘zini o‘zi nazorat qilishning past darajada ekanligi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining tuzilishini kuzatadigan bo‘lsak, uning ochiq, ya’ni ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan va yopiq, ya’ni ko‘zga tashlanib turmaydigan shakllari ham mavjudligini ko‘ramiz.

  1. Kasbiy buzilishning ochiq, ko‘zga tashlanadigan shakllari quyidagilardan iborat:

  • jinoyatchilarga, huquqbuzarlik va tartibbuzarlikda ayblanib vaqtincha ushlangan fuqarolarga nisbatan rahmsizlik qilish, g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish, ya’ni urish, haqorat qilish, mansabini suiiste’mol qilish, xizmat axloqi prinsip va normalarini qo‘pol tarzda buzish;

  • haddan tashqari shubhalanish, ayblashga moyillik, o‘z-o‘zini tanqid qilishning yo‘qligi;

  • jinoyatchilar bilan ishlashda qonun yo‘li bilan ruxsat etilmagan usul va vositalarni ishlatish, ya’ni «vosita maqsadni oqlaydi» qabilida ish tutish;

  • spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar iste’mol qilish;

  • nutq madaniyatining yetishmasligi, qo‘pollik, jinoyatchilar dunyo- sining jargonlaridan bo‘lar-bo‘lmasga foydalanish, ularni qo‘llashda suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yish;

  • tashqi ko‘rinishning xunukligi, kiyim-boshlarning iflosligi, soch- soqolning o‘sganligi, aft-angorning ifloslanib, sovuq tus olganligi va h.k.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining yopiq,

ko‘zga tashlanmaydigan shakllariga quyidagilar kiradi:

  • ish jarayonida xizmat mavqeidan o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanish;

  • turmushdagi axloqiy nopoklik;

  • axloqiy-ma’naviy jihatdan qashshoqlanish;

  • xizmat manfaatlarini noto‘g‘ri tushunish, ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yish;

  • jinoyatni hisobdan yashirish, poraxo‘rlik;

  • jinoyatchilar bilan til biriktirish, ularga qo‘shilib ketish.

Kasbiy buzilishlarning ana shu barcha ko‘rinishlarini, omillarini, obyektiv va subyektiv sabablarini to‘liq hisobga olgan holda jinoyat- chilikning oldini olish va uni tugatish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling