Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Nizomulmulk. Turon zaminning Uyg‘onish davridagi yirik siyosatchilaridan biri davlatshunos, axloqshunos olim Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomulmulk (1017 – 1092) o‘zining «Siyosatnoma» asarida siyosat va axloqning uzviy birligidan kelib chiqqan holda huquqni
1 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин // Унинг ўзи. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б.90. muhofaza qiluvchilarning axloqiy fazilatlari haqida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarni bayon qiladi. Nizomulmulk huquqni muhofaza qilish ishlari bilan eng avvalo podshoh, so‘ngra vazir, qozi, hokim va ularga xizmat qiluvchi maxsus josuslar shug‘ullanishi kerakligini uqtirib o‘tadi. Nizomulmulk haqli ravishda, har qanday podshoh fuqarolarining haq- huquqlarini muhofaza qilish ishlari bilan shug‘ullanar ekan, u albatta: «Haftada ikki kun zulm ko‘rganlarni qabul qilib, zolimlarning dodini berib, jazolab va raiyat so‘zlarini bevosita eshitib borishi kerak. Muhim bo‘lgan arizalarni qabul qilib, har biriga javob berishi lozim»1, – deydi. Iqtidorli va dono siyosatchi bo‘lgan Nizomulmulk huquqni muhofaza qilish sohasi uchun xodimlarni tanlash, ularni o‘z o‘rniga qo‘yish, bajarayotgan ishlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish haqida: «Mamlakat qozilarining ahvolini to‘la-to‘kis bilishi zarur va ulardan qaysilari olimu zohid, kambag‘al, ammo kamtama’ bo‘lsa, tarbiya qilib, shular bilan ish yuritish kerak. Agarda shunday bo‘lmasa, ularni ishdan olib, o‘rinlariga boshqa loyiq kishilarni qo‘yadilar. Ularning har biriga zarur darajada maosh beradilar, toki xiyonat qilishlariga hojat qolmasin. Chunki bu ish juda ham nozikdir, ular musulmonlarning yaxshiyu yomonliklari ustidan hukm chiqaradilar. Bu amalni johil va nopok kishilarga ishonib bo‘lmaydi, faqat pok, porso olimlarga berish kerak. Agar biron-bir hokim jahl va zulm bilan hukm chiqarsa, podshohga ma’lum qilgan holda uni vazifasidan olib, jazolash kerak»2, – degan g‘oyani ilgari suradi. O‘z zamonasida mamlakat fuqarolarining haq-huquqlarini muhofaza qilish ishlariga mas’ul bo‘lgan vazir Nizomulmulk davlat xizmatchisi hisoblanmish josuslar, sohibxabar va munhiy (xabarchi)larning davlatdagi o‘rni, ularning kasb axloqi haqida gapirib, bu ish bilan shug‘ullanadigan kishilar: «...xolis bo‘lib, g‘araz bilan ish tutmasinlar, chunki mamlakatning tinchligi ham, fasodi ham ularga bog‘liq. Sohibxabarlar boshqalar tomonidan emas, faqat podshoh tomonidan ishga tayinlanadilar, ularning maoshlari xazinadan beriladi. Podshohdan boshqa biror kishi ularning nima ish bilan mashg‘ul ekanliklarini bilishi mumkin emas. Sohibxabar va munhiy (xabarchi)larning bo‘lishi podshohning adolatidan va kuchli 1 Низомулмулк. Сиёсатнома ёки сияр ул-мулук. – Т.: Адолат, 1997. – Б.20- 21. 2 O‘sha manba. – B.47. tafakkuridan darak berib, viloyat obodonligiga qaratilgan bo‘ladi»1, – deb yozadi. Yuqorida keltirilgan fikrlar siyosatchi, mutafakkir Nizomulmulkning, birinchidan, huquqni muhofaza qiluvchilar o‘z faoliyatida davlatni mustahkamlash uchun axloq va siyosatni qo‘shib olib borishlari; ikkinchidan, davlat ularning to‘g‘ri va halol ishlashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi, ya’ni ular maosh, uy-joy, oziq-ovqat bilan ta’minlangan bo‘lishlari; uchinchidan, josuslik odamlarni bir-birlariga chaqish uchun emas, balki davlatning xavfsizligini ta’minlash uchun zarurligini chuqur anglab yetganligidan, uni davlat siyosatining ajralmas qismi deb bilganidan darak beradi. Bu g‘oyalar esa hozirgi kunda ham o‘zining amaliy qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling