Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbarning axloqiy fazilatlari haqida.
3-§.AMIR TEMURNING HUQUQ-TARTIBOT HIMOYACHILARI KASBIY AXLOQI HAQIDAGI TA’LIMOTI
Markaziy Osiyoda ikkinchi Uyg‘onish davrining boshlanishi bevosita sohibqiron Amir Temur (1336-1405) nomi bilan bog‘liq. Shubhasiz, u – kuragi yerga tegmagan sarkarda, atoqli davlat arbobi, qonunshunos, vatanparvar, Turonzaminni dunyoga tanitgan buyuk shaxs. Amir Temurning insoniyat tarixi oldidagi xizmatlari benihoya katta. «Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostida birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – Б.39-40. soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandlik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, Yevropaning Boyazid Yildirim hujumidan, Rossiyaning mo‘g‘ullar asoratidan qutulishiga sababchi bo‘ldi. Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm- fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi»1. Amir Temurning bu tarixiy xizmatlari Markaziy Osiyoda, umuman, Sharqda ikkinchi Uyg‘onish davri boshlanishi uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, g‘oyaviy omillarni yaratib berdi. Rahbarning axloqiy fazilatlari haqida. Sohibqiron Amir Temur taniqli davlat arbobi sifatida davlatni boshqarish, davlat xizmatchilarining, xususan davlatda huquq-tartibot o‘rnatish uchun mas’ul bo‘lgan kishilarning axloqiy fazilatlari haqida ilg‘or g‘oyalar bildirdi. Davlat qurilishi masalasida: «Davlat agar dinu tartib asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xshaydirkim, uni ko‘rgan har kimsa undan nigohini olib qochadi. Yoxud har xil qalang‘i-qasang‘i odamlar tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi- to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi»2, degan o‘gitni bayon qilib, har bir davlat rahbari o‘zining saltanatini (hokimiyatini. – N.M.) birinchi navbatda, qonun-qoidalar asosida qurishi, bu qonun-qoidalarning fuqarolar tomoni- dan tan olinishini ta’minlab, ularning bajarilishi yo‘lida xizmat qilishi lozimligini uqtiradi. Davlatni boshqarish masalasiga kelganda esa, birinchidan kengash; ikkinchidan, mashvaratu maslahat; uchinchidan, hushyorligu mulohaza- korlik, qat’iy qaror, tadbirkorlik; to‘rtinchidan, ehtiyotkorlik bilan ish yuritish kerak, degan qoidani bayon qilgan holda, davlatni boshqarish nihoyatda katta mas’uliyat talab qilishini, uni o‘zboshimchalik bilan emas, balki xalq qalbiga quloq solish orqali oqilona boshqarish zarurligini ta’kidlaydi. 1 Qarang: Бўрибой Аҳмедов.Буюк шахснинг доно ўгитлари // Амир Темур ўгитлари: (Тўплам) / Тузувчилар: Б.Аҳмедов, А.Аминов. – Т.: Наврўз, 1992. – Б.5-6. 2 Qarang: Темур тузуклари. – Т.: Ғ. Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 1996. – Б.72. Ayniqsa, mamlakatni boshqarish, huquq-tartibot ishlarini tashkil qilishda davlat vazirlarining o‘rni katta ekanligini anglagan Amir Temur: «...Sulton har narsada adolatpesha bo‘lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agar vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt o‘tmay saltanat uyi qulaydi»1, – deb uqtirgan holda «adolatli vazirlar davlat ustunidir» degan g‘oyani ilgari suradi. Amir Temur davlatni idora qilish ishlarini quyidagi o‘n ikki qoida – «1) har yerda va har vaqt islom dinini quvvatlab, Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berish; 2) o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan ish ko‘rib, davlat, saltanat ustunlarini o‘shalar bilan mustahkamlash; 3) maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik, ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rib, do‘stu dushman bilan murosayu madora qilish; 4) davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqarish; 5) amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan mukofotlab, xushnud etish; 6) adolat va insof bilan ish yuritish; 7) sayyidlar, ulamo mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilarning izzatu hurmatlarini joyiga qo‘yish; 8) azmu jazm bilan ish tutib, boshlagan ishni oxiriga yetkazish; 9) raiyat ahvolidan ogoh bo‘lish, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rish; 10) turku tojik, arabu ajamning (barcha xalqlar va millatlarning) turli toifa va qabilalaridan bo‘lgan kishilarni teng ko‘rib, ularning hurmatini joyiga qo‘yish; 11) farzandlar, qarindoshlar, yoru birodar, qo‘shnilar va do‘stlarni unutmaslik, holidan xabar olish; 12) do‘st- dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qilish»2, – asosida amalga oshirganligini aytib, har bir davlat arbobiga o‘z saltanatini ana shu qoidalar asosida boshqarishni maslahat beradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling