Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku
Download 1.37 Mb.
|
audid3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushunchasi.
MAVZU. Reja: Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi 1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushunchasi. 2. Asosiy vositalarga qo‘yilgan talablar. 3. Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi. 4. Asosiy vositalarni qabul qilish va hujjatlashtirish. 1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushunchasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishda buxgalteriya hisobi tizimi muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini tashkil etishda material, moliyaviy va mehnat resurslari bilan birga, asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham iqtisodiy faoliyatni tashkil etish ta’minlandi. Xo‘sh, asosiy vositalarning mohiyati nimadan iborat? Asosiy vositalar uzoq muddat o‘zining tabiiy ko‘rinishini saqlab turadigan, eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini asta-sekin o‘tkazadigan mehnat vositalari bo‘lib, u uzoq (bir yildan ko‘p) davr ichida moddiy ishlab chiqarish sohasida, nomoddiy ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, ijaraga berishda foydalaniladigan moddiy aktivlardir. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 16-son «Asosiy vositalar» nomli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS)da quyidagi ta’rif keltirilgan: jumladan, asosiy vositalar - bu moddiy ko‘rinishidagi (material) aktivlar hisoblanib, ular kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatida va ma’muriy maqsadlarda foydalaniladi, shuningdek, foydalanish muddati bir yildan ortiq bo‘ladi. Asosiy vositalar hisobi quyidagi asosiy me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi: 1
“Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404. «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида»ги Низом «Асосий воситалар» номли 5-сон БҲМС, «Хўжалик юритувчи субъектларнинг молия хўжалик фаолияти бухгалтерия ҳисоби счётлар режаси ва уни қўллаш бўйича Йўриқнома» 21-БҲМС «Инвентаризацияни ташкил этиш ва ўтказиш» 19-сон БҲМС, «Ижара ҳисоби» 6-сон БҲМС Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo‘ljallangan moddiy aktivlardir:( a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljalangan; b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan.1 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling