Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku


Download 1.37 Mb.
bet5/17
Sana30.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1733859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
audid3

Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temir yo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishla tiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xojalik invsntari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan mehnat vositalaridir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bogdagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruxidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
"Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:
-Dastlabki qiymat;
-Sotish qiymati;
-Tugatish qiymati;
-Qoldiq qiymati;
-O‘rnini qoplash qiymati.
Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda qaqiqatda to‘langan pul mablag‘lari yoki uni
barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‘yicha tan olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling