Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku


-jadval Asosiy vositalarga inventar raqam biriktirish


Download 1.37 Mb.
bet2/17
Sana30.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1733859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
audid3

1-jadval
Asosiy vositalarga inventar raqam biriktirish
Asosiy vositalar Inventar raqami
1
Bino va inshootlarga



















012010 dan 012090 gacha

2

Mashina va uskunalar

013010 dan 013090 gacha

3

Mebel va ofis jihozlari

014010 dan 014090 gacha

4

Kompyuter jihozi va hisoblash texnikasi

015010 dan 015090 gacha

5

Transport vositalari

016010 dan 016090 gacha

6

Ish va mahsuldor hayvonlar*

017010 dan 017090 gacha

7

Ko‘p yillik o‘simliklar

018010 dan 018090 gacha



Ushbu inventar raqamlar ob’ektlarning dastlabki xujjatlari (kirimga olish dalolatnomalari, amortizatsiya hisoblash qaydnomalari va h.k.)ga qo‘yilib, asosiy vositalar foydalanish davri ichida (hisobdan chiqib ketguniga qadar) saqlanadi va u boshqa asosiy vositalarga berilmaydi.

2. Asosiy vositalarga qo‘yilgan talablar.
O‘zbekiston Respublikasining «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga ko‘ra ular
tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
- xizmat muddati bir yildan ortiq;
- bir birlik uchun qiymati (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi
miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxonalarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq muomalalarni hujjatlarda o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri rasmiylashtirish;
- asosiy vositalarning olinishi, joyi o‘zgartirilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;
- asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, ularni hisobga
olishni tashkil qilish;
- asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va
me’g‘riy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
1 International Accounting Standard 16 Property, Plant and Equipment. IFRS 2016, Red book.
2

- ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo‘yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim hollarda ularning saqlanishi uchun ma’sul bo‘lgan shaxslar bo‘yicha nazorat qilish;


- asosiy vositalarning eskirishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
- ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;
- eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
- hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
O‘zbekiston Respublikasida asosiy vositalar hisobini yuritishda xo‘jalik sub’ektlari rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqlidir.
Shu bilan birga, xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
-maxsus asboblar va moslamalar;
-maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
-ko‘rpa-to‘shak anjomlari;
-yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va
boshqalar);
-oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
-hizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
-ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar va boshqalar).


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling