Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku


Qoldiqli kamayish usulida amortizasiya hisoblash


Download 1.37 Mb.
bet14/17
Sana30.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1733859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
audid3

Qoldiqli kamayish usulida amortizasiya hisoblash.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizasiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizasiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.
2.6.4-jadval
Qoldiqli kamayish usulida amortizasiya hisoblash jadvali
(ming so‘mda)


Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizasiya summasi




Qoldiq qiymati

1-yil

50000

(40%x50000)-20000

20000

30000

2-yil

50000

(40%x30000) = 12000

32000

18000

3-yil

50000

(40%x18000)=7200

39200

10800

4-yil

50000

(40%x10800)=4320

43520

6480

5-yil

50000

4480

48000

2000

Jamg‘aril-
gan
amortizasiy
a














Kumulyativ usulda amortizasiya hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig‘indisi usuli)da har yilgi amortizasiya me’yori amortizasiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizasiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizasiya hisobining tugagunicha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizasiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi.
5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyidagicha bo‘ladi:
5+4+3+2+1=15 yil.
2.6.5-jadval

Balans
qiymati Yillik amortizasiya summasn

Jamgarilgan
amortizasiya

Qoldiq qiymati
Kumulyativ usulda amortizasiya hisoblash jadvali
(ming so‘mda)



Ynllar













1-yil

50000

(5/15x48000)=16000

16000

34000

2-yil

50000

(4/15x48000)= 12800

28800

21200

3-yil

50000

(3/15x48000)=9600

38400

11600

4-yil

50000

(2/15x48000)=6400

44800

5200

5-yil

50000

(1/15x48000)=3200

48000

2000

25



Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizasiya hisoblashning oxirgi ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizasiya ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizasiya qiymatidan ortiq bo‘ladi.
Ushbu usullar ishlab chiqarishga taallukdi asosiy vositalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Keyingi yillarda amortizasiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizasiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning ayrim ob’ektlari bo‘yicha ajratmalar
tegishli summalarni jamgarish yo‘li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo‘li buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan;
0211-"Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212-"Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy
vositalarning eskirishi";
0220-"Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230-"Mashina va jihozlarning eskirishi";
0240-"Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250-"Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260-"Transport vositalarining eskirishi";
0270-"Ish hayvonlarining eskirishi";
0280-"Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi";
0290-"Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299-"Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi".
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va hisoblanayotgan
eskirish summalari ko‘rsatiladi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositani hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summalari xarajatlarga o‘tkaziladi. Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilganida quyidagicha yozuv qilinadi:
Dt Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari;
Kt Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Agarda eskirish davr
xarajatlariga o‘tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi:
Dt 9420-"Ma’muriy-boshqaruv xarajatlar";
Kt Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling