Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku


Download 1.37 Mb.
bet6/17
Sana30.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1733859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
audid3

Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan amortizasiyani chiqarib tashlangan holda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymatidir.
O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
Asosiy vosita pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Asosiy vositani xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi.

5



Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tug‘iladi. Asosiy vositalarni qayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan summada 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" hisob-varag‘ining kreditida aks ettirilishi lozim. Qayta bahrlash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.

4. Asosiy vositalarni qabul qilish va hujjatlashtirish.
Korxonaning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan
foydalaniladi:
AV-1 shakli. Asosiy vositalarni qabul-topshirish dalolatnomasi. Dalolatnoma har bir
ob’ekt uchun yozilib, buxgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
AV-2 shakli. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish- topshirish dalolatnomasi.

AV-1 shakli
Tasdiqlayman
_______________
Korxona, tashkilot Korxona rahbari
F.I.Sh, lavozimi
20......yil “.......”............

Asosiy vositalar-
ning butligiga
mas’uliyatli
shaxsning kodi

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling