Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku


Download 1.37 Mb.
bet3/17
Sana30.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1733859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
audid3

3. Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi.
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy- joy hamda kommunal - xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-foydalanilayotgan;
-zaxirada turgan;
-buzuq yoki ishlatish holatida bo‘lmagan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning bunday guruxlanishi ulardan foydalanish samaradorligini
baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa korxonaga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur. Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-yer;
-yerni obodonlashtirish;
-imoratlar;
-inshootlar;
-uzatuvchi moslamalar;
-mashina va jihozlar;
-transport vositalari;

3



-asbob-uskunalar;
-ishlab chiqarish inventarlari;
-xo‘jalik inventarlari;
-ish hayvonlari va mahsuldor chorva;
-ko‘p yillik daraxtlar;
-boshqa asosiy vositalar.
Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulk tarzida berilgan yer maydonidir.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, "Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin". Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi. Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga yerning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.
-Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy- xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling