Xushmuomalalik haqida mutafakkirlar shunday deyishgan:
– Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun talantdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir. (J.Lebbok)
Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatliligidan darak. (O.Balzak)
Ozginagina xushmuomalalik hayotingizni yoqimli, kunni esa nurafshon etadi.(K.Bouvi)
Xushmuomalalik eng zarur va eng yoqimli ezgulikdir.(J.Lokk)
Haqiqiy xushmuomalalik odamlar bilan muruvvatli munosabatdan iboratdir.(J.J.Russo)
1 Hilm – muloyim tabiatlilik.
Xushmuomalalik hech narsa turmaydi-yu, ammo ko‘p naf keltiradi. (M.Montegyu)
Odoblilik – yaxshi tarbiya ko‘rganlikning namoyon bo‘lishi, xatti- harakatlarda, so‘zlashuvda me’yorni, chegarani, muvofiqlik va nomuvo- fiqlikni bilishdir. Odoblilikning asosiy belgisi – o‘zini tuta bilish, hukm chiqarishda shoshmaslik, kishilarning orqasidan g‘iybat qilmaslik, o‘zgalar fikrini tinglay bilish, shirinso‘zlik hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobi – bu har bir xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishda shirinso‘zlik, sipolik, bosiqlik, xokisorlik, mehr-muruvvat ila hech kimni kamsitmasdan fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarining yaxlit ko‘rinishidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobliligi:
odamlar orasida o‘z tanishi bilan boshqalar bilishi shart bo‘lmagan ishlar haqida ovozni baland qo‘yib gaplashmasligida;
suhbat chog‘ida o‘zini bosiqlik bilan tuta bilishida;
boshqa kishilarning xatti-harakatlari va xarakteri haqida hukm chiqarishda shoshilmasligida;
kishilarning orqasidan g‘iybat qilmasligida;
birovni nohaq xafa qilmasligida;
suhbatdoshi istamagan suhbatni sipolik bilan yakunlab qo‘ya qolishida;
o‘zi haqida gapirmasligi yoki juda ham kam gapirishida ko‘rinadi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |