Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet45/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Shijoat va hushyorlik. Shijoat botirlik, dovyuraklik, mardlik degani. Kasb axloqining markaziy normalaridan sanalmish bu fazilat haqida Abdulla Avloniy shunday degan edi: «Shijoat deb botir va yurakli bo‘lmakni aytilur. Shaji’ kishi hech narsadan qo‘rqmaydurgan botir va yurakli bo‘lur. Shijoat insoniyatning sof oyinasi, iffat, g‘ayrat, istiqomat kabi yaxshi xulqlarning nuroniysidir. Shijoatning haqiqati qalbning matonatindan, ruhning salomatindan iboratdur»1.
Demak, shijoatli bo‘lish ichki ishlar idoralari xodimlaridan, eng avvalo, botir va dovyurak bo‘lishni talab qiladi. Bu esa jinoyatchi bilan olishish, uni ushlash yoki gumdon qilish zaruratidan kelib chiquvchi axloqiy talab hisoblanadi. Faqat dovyurak va mard xodimgina jinoyatchilar bilan hayot-mamot jangiga kirishishga qodir bo‘ladi.
Shunga ko‘ra shijoatli ichki ishlar xodimi deb hech kimdan, hech narsadan qo‘rqmasdan jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishlariga zarba berishni o‘ziga kasb qilib olgan Vatanimizning botir, dovyurak, mard farzandlariga aytiladi.
Jasorat. Jasorat – bu odamzodning har qanday qiyinchilik va xavf- xatarlarga qaramasdan o‘zining zohiriy va botiniy kuchini ishga solib ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida qo‘rqmasdan mardonavor xatti- harakatlarni sodir etish faoliyatidir. Bu xususda I.A.Karimov: «Yer yuzidagi barcha o‘lmas obidalar, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyotlar va ixtirolar, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari, mardlik va qahramonlik namunalari odamzodning aql- tafakkuri, salohiyati va ma’naviy jasorati mahsulidir. Shuning uchun ham




1 Qarang: Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Т.: Ўқитувчи, 1992. – Б.21.
bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘lamiz»1, – degan edi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining jasorati deb ularning xizmat vazifalarini o‘tash vaqtida duch keladigan qiyinchilik va xavf-xatarlardan tahlikaga tushmasdan, qo‘rqmasdan o‘zining bor imkoniyatlarini ishga solib axloq va huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilar dunyosining qilmishlariga qaqshatqich zarba berish borasidagi mardonavor xatti- harakatlariga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining mardligi va jasorati, avvalo:

  • har qanday jinoyatchining do‘q-po‘pisa va boshqa makr-hiylalaridan qo‘rqmasligida;

  • hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, halol odamlarni jinoyatchilar zulmidan qutqarishida;

  • xavf-xatarni pisand qilmasdan jinoyatchilar olamiga pinhona kirib borib, ularni qo‘lga tushirishida;

  • o‘zining ma’naviy jasorati bilan jinoyatchilarning yuragiga g‘ulg‘ula solishida ko‘rinadi.

Shijoatli xodim boshlagan ishini oxiriga yetkazmay qo‘ymaydi. U har qanday to‘siqni yengib, jinoyatchilikning oldini olib, o‘zbek xalqining qalqoni va suyanchig‘i bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladi. U o‘zining obro‘- e’tibori, nomi va sha’nini hamisha baland tutib, ichki ishlar idoralarining qadr-qimmatini saqlaydi, xalqning ularga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling