Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
2-§. AXLOQQA ZID ILLATLARGA QARSHI KURASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA UNDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING TUTGAN O‘RNI
Umuminsoniy axloqqa zid illatlar, birinchidan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi; ikkinchidan, yoshlarni axloqiy- estetik tarbiyalash ishlariga xalaqit beradi; uchinchidan, jinoyatlarning kelib chiqishini kuchaytirib yuboradi. Shuning uchun ham axloqqa zid illatlarga qarshi kurashish ichki ishlar idoralari xodimlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Axloqda zid illatlarga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Bozor iqtisodiyotining qonunlaridan kelib chiqqan holda mamlakat hayotining, ayniqsa iqtisodiy faoliyatining barcha jabhalarida mehnat shartnomalarini bajarish, soliq, tijorat intizomini mustahkamlash. Intizom axloqning ajralmas qismi, axloq esa jamiyatdagi xatti-harakatlarni tartibga solish, boshqarishning asosiy omillaridan biridir. Shuning uchun ham mehnat va xizmat intizomini kuchaytirish har qanday axloqsizlikning oldini olishda asosiy vosita bo‘ladi. Axloqqa zid illatlarni tugatishga qaratilgan yana bir yo‘nalish ish haqini to‘lashda tenglashtirish siyosatiga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni inson qancha va qanday mehnat qilgan bo‘lsa, shuncha ish haqi, daromad olishini ta’minlash; yaxshi mehnatni taqdirlash ishlarini yuqori darajada tashkil qilish. Jamiyatda yaratilayotgan barcha moddiy ne’matlar va ularning taqsimlanishi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilib turilishi lozim. Bu esa har xil ishyoqmaslar, o‘g‘rilar, firibgarlar va chayqovchilar bezoriliklarining oldini olishda yordam beradi. Jamoatchilik tomonidan yomon xulqli odamlarga qarshi muhit yaratish zarur. Agar shunday muhit yaratilsa, ya’ni odamlar axloqbuzar- lardan hamma joyda – ishda ham, ko‘chada ham, mahalla-ko‘yda ham nafratlansalar, qilmishlari uchun doimo tanbeh bersalar, ya’ni ular uchun noqulay muhit yaratsalar, axloqqa zid illatlar tezda yo‘qoladi. Jamiyatning kichik yoshdagi fuqarolarini mehnatga, halol mehnat qilishga o‘rgatish, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. Har bir kishining mehnati samarali bo‘lishi lozim. Samarali mehnat axloqsizlikdan asraydi. Umuminsoniy axloqqa zid bo‘lgan axloqiy yomonliklarning eng qabih shakllaridan biri jinoyatdir. Uning jamiyatga zarari va uni tugatish yo‘llari haqida I.A.Karimov shunday degan edi: «Demokratik davlat o‘z fuqarolariga tinch yashash va mehnat qilish imkonini to‘la ta’minlab bermog‘i kerak. Lekin, ayni zamonda, jinoyatchilikka qarshi kurash shunchaki vaqtinchalik kampaniyaga aylanib ketmasligi lozim. Bu ish – davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmog‘i zarur. Jinoyatning yashirin va eng qabih turi bor. Bu – korrupsiya va poraxo‘rlik. Jinoyatning bu turi boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin. Byurokrat kimsa hadik yoki mas’uliyatsizlik tufayli jarayonni sekinlashtirib qo‘ysa, poraxo‘r ko‘pincha ko‘ra-bila turib, o‘z manfaatini o‘ylab davlat va xalq manfaatlariga zid qarorlarni qabul qiladi. Poraxo‘rlik, qonunni chetlab o‘tib chayqovchilik qilish, eng avvalo, tijorat ahlining o‘zini obro‘sizlantiradi, aholining qarg‘ishiga duchor etadi. Shu sababli, bozor munosabatlarining vijdonli va sofdil tarafdorlari turli o‘g‘ri va muttahamlarga o‘z oralaridan o‘rin bermasliklari kerak»1. Axloqqa zid illatlarni tugatish quyidagi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishni ham talab etadi. 1 Каримов И. А. Йўлимиз – мустақил давлатчилик ва тараққиёт йўли // Унинг ўзи. Биздан озод ва обод Ватан қолсин Т. 2. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.221–222. Odamlarning mehnat va xizmat faoliyatlarini ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi madaniy dam olish shakllari – sayohat, o‘yin- kulgi, to‘y-tomosha, san’at, badiiy ijodkorlik, ixtirochilik va boshqa turli- tuman tadbirlar – bilan uyg‘unlashtirib olib borishni tashkil etish. Odamlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish ishlarini, azaliy udumlar, ya’ni kattani hurmat, kichikni izzat qilish, ayollarga olijanob munosabatda bo‘lish, har kuni salomlashish, mehmonning izzat-hurmatini joyiga qo‘yish, kamtarlik kabilarning hayotda qo‘llanilishini nazorat qilish asosida muntazam ravishda ish olib borish. Bu tadbirlarni amalga oshirishda ichki ishlar idoralari xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Chunki u axloq va huquq himoyachisi sifatida bu ishlarni amalga oshirishga mas’uldir. «Jamiyat madaniyatsiz, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay ol- maydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovard-oqibatda tanazzulga yuz tutadi»1 hamda axloqsizlar jamiyatiga aylanib qoladi. Oiladagi muhitni yaxshilash, oilaviy tarbiyaga e’tiborni kuchay- tirish, ayniqsa bolalarni urish va qo‘rqitish asosida tarbiyalash usullarini tarbiya tizimidan siqib chiqarish kerak. Qo‘rquv odamni tarbiya qilmaydi, aksincha, oxir-oqibatda bir qancha axloqsizliklarni keltirib chiqaradi. Oilada o‘zaro ishonch, o‘zaro hurmat ruhini shakllantirish kerak, chunki bu ruh axloqsizliklarning ildiziga bolta uradi, jamiyatning rivojlanishiga, farzandlarimizning oqil bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Odamlar orasida ma’naviyat va ma’rifat ishlarini targ‘ib qilish, axloq va huquq normalarining bajarilishini talab etish hamda axloqiy va huquqiy madaniyatni shakllantirish, bu sohadagi bilimlarni targ‘ib va tashviq qilish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. Bu ishlarni amalga oshirmasdan turib buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. «Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz, – degan edi I.A.Karimov, – insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur. Ilm o‘rganish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar o‘rnini turli «Snikers» va sigareta savdosi egallashiga aslo chidab bo‘lmaydi. 1 Каримов И. А. Йўлимиз – мустақил давлатчилик ва тараққиёт йўли // Унинг ўзи. Биздан озод ва обод Ватан қолсин Т. 2. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.222. Shu sababli, men barcha vatandoshlarimizga murojaat qilib aytaman: bugun hayot qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ma’naviyatimiz va madaniya- timizni unutmaylik!»1 . Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, umuminsoniy axloqqa zid illatlarga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish; hokimiyat va huquq-tartibot idoralarining ishlarini zamon talablari darajasida faollashtirish; jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va jamoatchilik fikriga quloq solgan holda uzluksiz ish yuritish; o‘zbek хalqi milliy qadriyatlarining ruhiga mos tarzda axloqiy va huquqiy madaniyatni shakllantirish ishlarini olib borish. A. Karimov umuminsoniy axloqqa zid illatlarga qarshi kurashning dasturiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: «Fuqarolarimizning huquqbuzarlikka qarshi ichki imkoniyatlari va yuksak darajadagi axloqi jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatga olib kiradigan yemirilishdan eng yaxshi himoyadir. Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro‘-e’tibori – hamma-hammasi odamlarimizda Qonun buzilishi bilan bog‘lik har qanday xatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog‘i lozim»2. Binobarin, axloqqa zid illatlarning payini qirqish har bir vijdonli fuqaroning, xususan ichki ishlar idoralari xodimining burchidir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling