Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet73/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

2-§. SAN’ATNING TURLARI VA VAZIFALARI
San’atni tasniflash prinsiplari. Obyektiv olamdagi narsa va hodisalar turli-tuman bo‘lganidek, ularning badiiy in’ikosi bo‘lgan san’at ham shunchalik xilma-xil va rang-barangdir. Masalan, badiiy adabiyot, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik, naqqoshlik, ashula, raqs, me’morlik, teatr, kino va boshqalar.
San’atdagi ana shu xilma-xillik va rang-baranglik madaniy borliqning ijodkori bo‘lgan inson ijodiy faoliyatining tarixiy rivojlanish bosqichlarida vujudga kelgan bo‘lib, ularni tasniflash masalalari bilan uzoq o‘tmishdan hozirgi kungacha ko‘plab mutafakkirlar, olimu fozillar shug‘ullanganlar.
Masalan, qadimgi davr mutafakkiri Arastu (Aristotel) o‘zining
«Poetika» asarida san’at turlari bir-birlaridan nima bilan taqlid qilishlari, nimaga taqlid qilishlari va qanday taqlid qilishlari bilan farq qiladi2, deya san’at turlarini tasniflashning uch mezoni – nimani aks ettirishi, qanday aks ettirishi, nimada aks ettirishi – to‘g‘risida to‘g‘ri fikr bildiradi.
XVIII asrda yashab ijod etgan fransuz ma’rifatparvari Deni Didro (1713–1784) Aristotelning «taqlid nazariyasi»ga qo‘shilgan holda, agar san’atda so‘zlar orqali taqlid qilinsa – notiqlik, agar tovushlar orqali taqlid qilinsa – musiqa, ranglar orqali taqlid qilinsa – musavvirlik, yog‘och, tosh, marmar va shunga o‘xshash moddiy ashyolar orqali taqlid qilinsa, bunday san’at haykaltaroshlik deb ataladi3, degan holda san’atda so‘z, musiqa, tasviriy san’at, rassomlik va haykaltaroshlik turlarini ajratadi.
Hozirgi kunda san’atni quyidagacha tasniflash mezonlari mavjud.




1 Janr – fransuzcha “genre” – jins, tur degan ma’noni anglatadi.
2 Qarang: Аристотель. Поэтика. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. –
Б.10– 11.
3 Qarang: Дени Дидро. Избр. произведения. – М-Л., 1951. – С.386.
Birinchidan, san’atni ijtimoiy ong shakli deb bilgan holda uni aks ettirayotgan ijtimoiy borliqning mazmuniga qarab tasniflash mezoni. Bu prinsipga ko‘ra, san’at quyidagi turlarga ajratiladi:

  • makonda mavjud bo‘lgan san’at turlari – arxitektura, haykaltaroshlik, musavvirlik va boshqalar;

  • zamonda mavjud bo‘lgan san’at turlari – badiiy adabiyot, she’riyat, musiqa va boshqalar;

  • makonda va zamonda mavjud bo‘lgan san’at turlari – teatr, kino, televideniye, estrada, sirk va boshqalar.

Ikkinchidan, san’atning obyektiv voqelikni aks ettirishda nisbiy mustaqillikka ega ekanligiga qarab tasniflash prinsipi. Unga ko‘ra san’at tasviriy va ifodali turlarga bo‘linadi. Tasviriy san’at turlariga – musavvirlik, haykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika), badiiy fotografiya (surat); ifodali san’at turlariga esa bezakli-amaliy san’at, me’morchilik san’ati va musiqa kiradi.
Uchinchidan, san’atni inson amaliy faoliyatining shakllaridan biri deb bilgan holda, tashqi olamni badiiy jihatdan o‘zlashtirish va o‘zgartirishda qo‘llaydigan moddiy-ma’naviy ashyosiga, uslublariga qarab tasniflash prinsipi. Unga ko‘ra san’at – amaliy, tasviriy, so‘z va tomosha turlariga ajratiladi. Bunda amaliy san’at turlariga – me’morchilik, bezak, naqshlar kirsa; tasviriy san’at turlariga esa rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, fotografiya kabilar kiradi. So‘z san’ati turlariga – badiiy adabiyot, musiqa, ashula, qo‘shiqlar kirsa; tomosha san’ati turlariga esa teatr, kino, sirk, televideniye kabilar kiradi.
San’atni yuqorida keltirilgan prinsiplar asosida turlarga ajratish voqelikni yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etgan holda san’at turi degan tushunchaga umumiy ta’rif berish imkoniyatini ham beradi.
San’at turi deb aks etilayotgan predmetga, yaratilgan qiyofaning xarakteri va tipiga, estetik ehtiyojni qondirish usuliga, badiiy qiyofani yaratishda qo‘llaydigan o‘ziga xos material va qonunlariga ko‘ra farqlanuvchi inson badiiy faoliyatining sohasiga aytiladi.
Xulosa qilib aytganda, san’at turlarining soni hamma vaqt ikki uzviy holatga: birinchidan, obyektiv olamdagi narsa, voqea, hodisa va jarayonlarning nihoyatda ko‘pligi, murakkabligi, serqirraligi, turli- tumanligiga; ikkinchidan, subyektiv omil hisoblanmish inson his- tuyg‘ulari, idrok etish qobiliyatining xilma-xil va rang-barangligiga, xayolot olamining cheksizligiga bog‘liqdir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling