Ichki ishlar idoralari xodimlarining
San’atning bog‘lash, aloqa o‘rnatish vazifasi
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’atning tarbiyalash vazifasi
San’atning bog‘lash, aloqa o‘rnatish vazifasi. San’at ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida o‘zida turli davrlarda va mamlakatlarda yashab o‘tgan xalqlarning bir butun olam to‘g‘risidagi tasavvurlarini, his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini mujassamlashtirgan holda kelgusi avlodni, tili va dini boshqa bo‘lgan odamlarni, qolaversa, butun dunyo xalqlarini ular bilan tanishtiradi; ular o‘rtasida aloqa o‘rnatadi.
San’at aloqa vazifasi orqali asarlar yordamida ajdodlarni avlodlar bilan, dunyo xalqlarini bir-birlari bilan bog‘laydi. San’atning aloqa vazifasiga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: San’at o‘zining aloqa vazifasi bilan dunyo xalqlarining tili xilma- xilligi tufayli yuzaga kelgan chegaralarni buzib o‘tadi va ular o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik, qon-qardoshlik, ma’rifatparvarlik aloqalarini o‘rnatadi. Masalan, musiqa, raqs, me’morchilik, tasviriy san’at asarlari tili boshqa xalqlar uchun umumiy badiiy asarlar hisoblanadi. Ularni ko‘rgan har bir xalq zavq-shavq oladi. San’at orqali bog‘lanish faqatgina aqliy-amaliy darajada bo‘lib qolmasdan, balki hissiyotlar, tuyg‘ular, ibrat ko‘rsatish, tarbiya berish orqali ham sodir etiladi. Masalan, mamlakatimizda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan san’at va madaniyat kunlari, har xil san’at asarlarining ko‘rgazmalari, qo‘shiq bayramlari xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning kuchayishiga, jaholatning chekinishiga olib keladi. San’atning aloqa vazifasi orqali san’atdagi milliylik umuminsoniylik bilan qo‘shilib, bir butunlikni tashkil etadi. Oqibatda, bu bir butunlik umuminsoniy qadriyat tusini olgan san’at asari shakliga kirib, butun dunyo xalqlarining madaniy merosiga aylanadi. Bunday san’at asarlari jumlasiga Alisher Navoiy, Bobur, Shekspir, Rembrant, Betxoven, Umar Hayyom, Leonardo da Vinchi va boshqalar yaratgan asarlar kiradi. San’atning tarbiyalash vazifasi. San’at asarlarining tarbiyaviy kuchi shunda ifodalanadiki, unda aks ettirilgan qahramonlarning qiyofasi o‘quvchi-muxlisni his-hayajonga tushishga, quvonishga, nafratlanishga majbur qiladi. Oqibatda, o‘quvchi-muxlis o‘zi sevgan qahramonga o‘xshashga, u bajargan ishlarni bajarishga harakat qiladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanini o‘qigan yoki shu nomli filmni tomosha qilgan yigit yoki qiz o‘zini Anvar kabi mard, jasur, sevgisiga vafo qiluvchi; Ra’no kabi iffatli, chiroyli, shirin so‘zli, dono, vafodor bo‘lishga harakat qiladi. Bu shundan darak beradiki, san’at insonning qalbi, ruhiyati, irodasiga ta’sir qilib, uni tarbiyalaydi, o‘zini o‘zi chuqur anglab olishiga imkon beradi. San’atning tarbiyaviy vazifasi, birinchidan, uning insoniyat tomonidan yaratilgan boy madaniy merosni kelgusi avlodlarga yetkazib berishi; ikkinchidan, insonning ehtiyojlarini qondiruvchi, his-hayajonlarini junbushga keltiruvchi sehrli kuch; uchinchidan, hayotning barcha jabhalarini o‘zida mujassamlashtirgan insoniyat tajribasining majmui; to‘rtinchidan, olamni go‘zallik qonunlari asosida o‘zgartiruvchi vosita ekanligida ifodalanadi va kishilarda nafis his-tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling