Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Jismoniy kuch ishlatish


Download 45.25 Kb.
bet11/21
Sana12.03.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1262542
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

22-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o’zi yoki bo’linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo’llash huquqiga ega bo’ladi:
jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo’yish uchun;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko’rsatilishini bartaraf etish uchun.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki o’qotar qurol qo’llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko’rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko’rinib turgan yoki ma’lum bo’lgan voyaga etmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko’rsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog’lig’iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
23-modda. Maxsus vositalarni qo’llash
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qo’llash huquqiga ega:
fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo’yishda;
ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko’rsatilishiga chek qo’yishda;
jinoyatni sodir etish chog’ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko’rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
qurolli qarshilik ko’rsatishi mumkin bo’lgan shaxsni ushlashda;
ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo’riqlab borish va qo’riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o’ziga zarar etkazishini bartaraf etish maqsadida;
zo’ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va er uchastkalarini ozod qilishda;
fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g’ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo’yishda;
haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to’xtash to’g’risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to’xtatishda;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda;
muhofaza qilinadigan ob’ektlarni himoya qilishda, g’ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to’sib qo’yishda.
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qo’llash huquqiga ega:
rezina tayoqlar – ushbu modda birinchi qismining ikkinchi – oltinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi va o’n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
ko’zdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol – ushbu modda birinchi qismining ikkinchi – oltinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi va o’n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
qo’lkishanlar yoki boshqa bog’lash vositalari – ushbu modda birinchi qismining uchinchi – ettinchi, to’qqizinchi va o’n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
maxsus bo’yovchi va markirovka qiluvchi vositalar – ushbu modda birinchi qismining o’ninchi, o’n birinchi va o’n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
elektroshok qurilmalari – ushbu modda birinchi qismining ikkinchi – beshinchi, ettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
xizmat hayvonlari – ushbu modda birinchi qismining ikkinchi –ettinchi, to’qqizinchi, o’n birinchi va o’n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
chalg’itma ta’sir ko’rsatuvchi nur-tovush moslamalari – ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi, to’qqizinchi va o’n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
transport vositalarini majburiy to’xtatish vositalari – ushbu modda birinchi qismining to’qqizinchi va o’ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
tinchlantirish ko’ylagi – ushbu modda birinchi qismining ikkinchi –oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
suv bilan zarba beruvchi mashinalar – ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi va to’qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
zirhli mashinalar – ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi va to’qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
muhofaza qilinadigan ob’ektlarni (hududlarni) himoya qilish, g’ayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to’sish vositalari – ushbu modda birinchi qismining o’n ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;
to’siq-g’ovlarni bartaraf etuvchi vositalar – ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi va o’n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda o’qotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qo’llash huquqiga ega.
Maxsus vositalarning qo’llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’dirmasligi va mol-mulkiga zarar etkazmasligi kerak.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko’rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko’rinib turgan yoki ma’lum bo’lgan voyaga etmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik ko’rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog’lig’iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo’lib hujum qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o’tkazilayotgan g’ayriqonuniy yig’ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo’yishlarni bartaraf etish chog’ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo’llanilishi taqiqlanadi.
Quyidagilar taqiqlanadi: 
odamning boshiga, bo’yniga, o’mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;
havo harorati Tselsiy bo’yicha nol darajadan past bo’lganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qo’llash.
Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpog’iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining og’zaki yoki yozma qarori asosida qo’llaniladi, bu haqda O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.
Ichki ishlar organlari ta’minotida bo’ladigan maxsus vositalarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling