Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


Download 69.98 Kb.
bet14/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va shaxslarni ushlashni, ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish, shaxslarni transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qo‘yish uchun olib borish;
(17-modda birinchi qismining yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maxsus avtomobillarni, chet el delegatsiyalarini, avtomobil kolonnalarini, qimmatbaho, yirik gabaritli va xavfli yuklarni kuzatib borishni amalga oshirish;
yo‘llar va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
belgilangan pasport tizimi qoidalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tish qoidalariga chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
pasport rejimi qoidalariga, shuningdek bajarilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish amalga oshirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boshqa binolariga ularning roziligi bilan soat 6-00 dan soat 22-00 gacha kirish;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar mavjudligini aniqlash uchun tekshirishni amalga oshirish;
jamoat joylarida alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’sirida mastlik holatida bo‘lgan va mustaqil ravishda harakatlanish yoki adashmay yo‘l topish qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining reabilitatsiya va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaroviy va xizmat quroli, uning o‘q-dorilari, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada bo‘ladigan sohada faoliyatni amalga oshirayotgan obyektlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolariga mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomani ko‘rsatgan holda to‘sqinliksiz kirish;
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya va ruxsat etish talablari hamda shartlari buzilganligi fuqaroviy va xizmat qurolining, uning o‘q-dorilari, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarning, pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning, alyuminiy kukunlari va qurumlarining yo‘qolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini yuzaga keltirgan hollarda, ularni olib qo‘yishni amalga oshirish, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, alyuminiy kukunlari hamda qurumlarini tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini esa ichki ishlar organlariga zudlik bilan olib borishni hamda saqlash uchun joylashtirishni talab qilish;
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan fuqaroviy va xizmat qurolini, uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni, alyuminiy kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qo‘yishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rish;
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli tashkilotlarda obyektning ichki rejimga va ruxsatnoma bilan kirish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, bundan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan obyektlari mustasno;
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalashni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshirish, qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishiga doir tekshiruvlar o‘tkazish;
(17-modda birinchi qismining o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i va Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunchilikning davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, qonunchilikni ichki ishlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
(17-modda birinchi qismining qirqinchi va qirq birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling