Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


Download 69.98 Kb.
bet13/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni bepul olish, bundan qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan hollar mustasno;
(17-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
jinoyatlarning va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni fosh etish maqsadida zarur ma’lumotlar bazalariga ega bo‘lgan axborot tizimlarini texnik va maxsus vositalardan foydalangan holda yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni, shuningdek o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash, ichki ishlar organlariga olib borish va qamoqda saqlash;
(17-modda birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan harbiy xizmatchilarni ular harbiy patrulga, harbiy komendantga, harbiy qismlar komandirlariga topshirilguniga qadar ushlab turish;
Oldingi tahrirga qarang.
ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish;
(17-modda birinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qamoqda saqlanayotgan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni, shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda boshqa ushlab turilgan shaxslarni, shuningdek qonunga muvofiq o‘zga shaxslarni ro‘yxatga olishni, fotosuratga olishni, ularning ovozini yozib olishni, ularni kino- va videotasvirga tushirishni, barmoq izlarini olishni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan yoxud shartli hukm qilingan shaxslarni nazorat qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
o‘ziga nisbatan tayinlangan tibbiy va tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralarini o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni ushlash va maxsus muassasalarga olib borish;
aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga olib borish, shuningdek ularni shaxsi aniqlanguniga qadar sudlarning ajrimlari asosida o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab turish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni va ma’muriy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish uchun bepul foydalanish;
(17-moddaning birinchi qismi yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(17-modda birinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun imtihonlar qabul qilish hamda guvohnomalar berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan ta’lim muassasalari ustidan nazorat olib borish;
avtomototransport vositalarining hamda ularning tirkamalarining majburiy davlat texnik ko‘rigini va ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil etish hamda o‘tkazish, yo‘l harakatini tartibga solish;
yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;
avtomototransport vositalaridan foydalanishda atmosfera havosi ifloslanishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
zarur bo‘lgan hollarda, transport vositalarini to‘xtatish hamda uni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish, haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi ko‘zdan kechirish;

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling