20-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish
Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin va bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-apreldagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom”.
5-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash
Do'stlaringiz bilan baham: |