Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti


Download 69.98 Kb.
bet29/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

41-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.
(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” (01.03.2018-y., ro‘yxat raqami 2977).
42-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat sug‘urtasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
(42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lganlarning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining 7-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling