Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish


Download 69.98 Kb.
bet7/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida ko‘rsatilmagan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling