Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-bob. Ichki ishlar organlari


Download 69.98 Kb.
bet5/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

2-bob. Ichki ishlar organlari
13-modda. Ichki ishlar organlarining tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta muhim va toifalangan obyektlardagi bo‘linmalari, shaharcha ichki ishlar bo‘linmalari, mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan iboratdir.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari tizimiga o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qo‘shinlari hamda xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlar ham kiradi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunchilikka muvofiq ayrim masalalar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotni yiliga ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling