Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi


Download 69.98 Kb.
bet4/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yo‘qolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart.
12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olishning, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘g‘risidagi xabarnomalarning elektron shakllari qo‘llanilishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qo‘yishda, ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qo‘llagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish ta’minlanadi.

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling