Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari


Download 69.98 Kb.
bet8/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita ta’minlaydigan asosiy quyi bo‘g‘inidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari, inspektorlaridan va ularning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktika inspektorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi.
Profilaktika inspektorlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Mahalla huquq-tartibot maskanlari
Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo‘yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari o‘z faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi (har kunlik asosda);
mazkur hududda xizmatni o‘tash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, probatsiya bo‘linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;
jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘maklashish uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya bo‘linmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling