Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-bob. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari


Download 69.98 Kb.
bet9/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

3-bob. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari
16-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari
Ichki ishlar organlari:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni ko‘rishi;
jamoat joylarida, shu jumladan ko‘chalarda, maydonlarda, istirohat bog‘larida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni, shu jumladan elektron shakldagi shunday arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qilishi hamda ro‘yxatga olishi, murojaat etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda keyinchalik xabar bergan holda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi;
(16-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, g‘ayriqonuniy qilmishlarga chek qo‘yishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini ta’minlashi;
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa xonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki ular yo‘qligida ichki ishlar organlari xodimlari kirganligining barcha hollari to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi;
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam ko‘rsatilishini tashkil etishi;
o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishi, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishi;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish va ularni fosh etish, shuningdek ularni tayyorlash va sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini ko‘rishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ayrim protsessual harakatlarni bajarishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga, surishtiruv va tergov organlariga, sudga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda yordam berishi;
(16-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
jinoyat ishlari bo‘yicha, zarur bo‘lgan hollarda esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar, ekspertizalarni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ekspertizalarni, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish maqsadida narsalar va hujjatlarni tekshirishni tayinlashi hamda o‘tkazishi;
shaxsi tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlashi;
sog‘lig‘ining holatiga, yoshiga ko‘ra yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘zi to‘g‘risida ma’lumotlar bera olmaydigan shaxslarni identifikatsiya qilish choralarini ko‘rishi;
Oldingi tahrirga qarang.
chaqiruv bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimlarini, prokurorning, tergovchining surishtiruvchining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlarini bajarishi;
(16-moddaning birinchi qismi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risida nizom”
ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarni qamoqda saqlashi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni qamoqda saqlash joylarida saqlashi hamda qo‘riqlashi, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashi;
jazoni ijro etish muassasalarida hamda qamoqda saqlash joylarida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning saqlanish sharoitlarini va ularning huquqlarini ta’minlashi;
ruhiy holati buzilgan shaxslarni keyinchalik majburiy yo‘sinda davolash uchun, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni va mahkumlarni, shuningdek ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qo‘riqlab borishni va boshqa erga ko‘chirishni amalga oshirishi;
uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasining ijro etilishini nazorat qilishni amalga oshirishi;

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling