Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari


Download 69.98 Kb.
bet12/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari
Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qo‘llash;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar yoxud muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lganda esa, fuqarolarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, ularning ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni olib qo‘yish;
(17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlashtirish yoki jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur bo‘lsa, fuqarolardan jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishni talab qilish;
sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qo‘yish, shuningdek ularni sodir etayotgan shaxslarni ta’qib qilish hamda ushlash uchun, agar buning kechiktirilishi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lsa, tashkilotlar va fuqarolarning hududiga, turar joylariga va boshqa binolariga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida to‘sqinliksiz kirish (oshib tushish);
fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ushlash maqsadida fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarda va boshqa binolarda, ularga qarashli yer uchastkalarida fuqarolarning roziligi bilan, tashkilotlar joylashgan hududda va binolarda ularning ma’muriyati ruxsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan bo‘lish;
jinoyat ishlarini tergov qilish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda xabarlarni ko‘rib chiqish doirasida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan ma’lumotlarni va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni so‘rash va olish;
terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan zonada jismoniy shaxslarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib o‘tilayotgan yuklarni ko‘rikdan o‘tkazishni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalarini qo‘llagan holda ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish;
ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar bo‘yicha fuqarolarni, mansabdor shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, ma’lumotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalarni va ularning ko‘chirma nusxalarini olish;
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqarolarni taqdirlash;

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling