Ichki kasalliklar ma’r


Buyrak tosh kasalligi haqida ma’lumot, uning sabablari, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari


Download 484 Kb.
bet11/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Buyrak tosh kasalligi haqida ma’lumot, uning sabablari, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.

  • Buyrak sanchog’i, uremik koma, haqida ma’lumot va ularda birinchi yordam.

  • Siydik chiqarish kasalliklari haqida umumiy ma’lumot.

    Adabiyotlar:

    1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 4-85 betlar.

    2. Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1991 yil 3-40 betlar.

    1. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.

    Buyrak juft organ bo’lib, shakli loviyasimondir. U umurtqa pog’onasining har ikki tomonida XI ko’krak va III bel umurtqalari ro’parasida qorin pardasi orqali joylashgan. Buyrak organizmining hayot faoliyatida juda muhim vazifani bajaradi. U organizmni oqsil almashinuvi mahsulotlaridan, azotli shlaklardan va yot moddalardan tozalaydi.


    Belgilari. Tanada shish paydo bo’ladi, gipertoniya kuzatiladi, siydik o’zgaradi, buyrak yallig’lanishi oqibatida og’riq paydo bo’ladi. Buyrak kasalligiga diagnoz qo’yishda oddiy klinik tekshirish (bemorni ko’zdan kechirish, savol-javob qilish, paypaslash va hokazolar) dan tashqari maxsus laboratoriyada asboblar yordamida tekshirish usullari katta ahamiyatga ega. Buyrak kasalliklari ba’zan bemorlarda tamomila sezilarsiz darajada kechishi mumkin. Biroq siydikka tegishli o’zgarishlar paydo bo’lishi, buyrak va siydik yo’llarida biror kasallik paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Siydik tarkibiga qarab, kasallikning xarakteri, og’ir-yengilligi haqida fikr yuritish mumkin. Shu boisdan siydikni tekshirish kasallikka diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bemorga tegishli davo choralarini ko’rish imkonini beradi.
    Siydik miqdori normada bir sutkada taxminan 1000-1600ml bo’lib, rangi somon rangiga o’xshash. Solishtirma og’irligi 1015-1020 ga teng. Solishtirma og’irligining oshishi, siydik miqdorining ko’payishi, tarkibida yiring, qon bo’lishi buyrak va siydik yo’llari kasallanganligini ifodalaydi.

    Nefrit
    Buyrak yallig’lanishi nefrit deyiladi. U diffuzli bo’lib, bunda har ikki buyrak parenximasi yallig’lanadi. O’choqli nefritda normal parenximalar orasida yarim yallig’langan uchastkalar joylashib, ular bitta har ikkala buyrakka bo’lishi mumkin.


    Nefrit o’tkir va xronik bo’ladi. O’tkir diffuzli nefrit (gromelunefrit) ga aksariyat streptokokk infeksiyasi sabab bo’ladi. O’tkir nefrit angina, gripp, skarlatina, pnevmoniyadan, ba’zan organizmning shamollashidan paydo bo’ladi. Buyrakka kirgan begona oqsilga nisbatan ro’y bergan allergik reaksiya ham o’tkir nefritga sabab bo’ladi.
    Belgilari. Kasallik to’satdan boshlanadi. Bemorlar asosan bosh og’rig’i, shish, bel og’rig’i, to’sh osti sohasida o’girlik sezish, nafas qisishi va kam siydik ajralishidan shikoyat qiladilar. Ularning yuzi va qovog’i kerikib, rangi oqarib ketadi. Shish borgan sari zo’rayib, bemorni vaznini oshirib yuboradi. Yotib qolgan bemorlar belida, jinsiy organlar sohasida va oyoq qo’lda shish paydo bo’ladi. Unga gipertoniya qo’shilib nafas qisa boshlaydi. Yurak yetishmovchili ro’y berib, chap qorinch kengayadi. Ba’zan yurak sohasida o’g’riq, aortada ikkinchi ton ro’y beradi. Sistolik shovqin yurak uchida eshitiladi. Bronxit, o’choqli pnevmoniya, o’pka yallig’lanishi paydo bo’ladi. Meda ichak traktikada deyrli o’zgarish bo’lmaydi. Faqat bemorlarning ko’ngli aynib, qusishi mumkin. Diffuzli shish tufayli jigar kattalashadi va qon aylanishi buziladi. Ko’z soqqasining tubi qizaradi. Ko’z to’r pardasiga nuqtali qon qo’yilib, burun qonaydi. Qondagi umumiy oqsil 5-6% gacha kamayadi. Al’bumin kamayib, globulin, fibrinogen ortadi.
    O’tkir nefritning muhim belgilari: gematuriya, oliguriya, siydikning loyqa bo’lishi, rangining esa to’q sariq yoki go’sht selining rangiga o’xshashidir. Siydikning solishtirma og’irligi yuqori, oqsil miqdori 1% atrofida bo’ladi.
    O’tkir nefritning formalari. O’tkir nefritning gemorragik, shishli gepirtonik formasi bo’lib, gemorragik formasi qattiq bosh og’rishi, gematuriya, al’buminuriya bilan xarakterlanadi. Shishli gepirtonik formasida bosh og’rishi, shish, nafas qisishi va gematuriya kuzatiladi.

    Download 484 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling