Me’da va ichakda qon ketganda tez
tibbiyot yordami berish
Bu holatda bemorni darhol yotqizib, ko’rpa-to’shak rejimi joriy etish va uning ahvolini kuzatib borish kerak. Bemorga 2-3 kungacha hech narsa berilmaydi, faqat ozgina mineral suv ichishga ruxsat etiladi. Har soatda arterial qon bosimi o’lchab turiladi va teri ostiga 1 ml dan 0,1% li atropin sulfat eritmasi yuboriladi. Organizm suvsizlansa, venagacha tomchi usulda 400-1000 ml poliglyukin yoki 1000-1500 ml 40% li glyukoza eritmasi yuboriladi. Muskullar orasiga (dumbaga) 4-6 ml 0,5% li vikasol eritmasidan yuboriladi. Venaga 10 ml 10% li kalsiy xlorid, 5 ml 5% li askorbin kislota eritmasidan inyeksiya qilinadi.
Bemorga 100-200 ml qon quyish yaxshi foyda beradi.
Ichakning yallig’lanish kasalliklari
Ingichka ichakning yallig’lanishi-enterit va yo’g’on ichakning yallig’lanishi-kolit deyiladi. Biroq ko’pincha ingichka ichak bilan yo’g’on ichak baravar yallig’lanadi, buni enterokolit deb yuritiladi. Butun ichak yoki uning bir qismi yallig’lanishi mumkin. Kasallikning kechishiga qarab, o’tkir va xronik yallig’lanish ajratiladi. O’tkir yallig’lanishda kasallik to’satdan boshlanib, tezroq tugaydi. Xronik yallig’lanish esa oylab, hatto yillab davom etishi mumkin.
Enterit
Enterit ko’pincha ovqat hazm qilish protsessi izdan chiqib, bemorning ahvoli og’irlashishiga sabab bo’ladi.
O’tkir enterit. Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir enteritning etiologik faktorlaridan biri sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini is’temol qilishdir. Kasallikka ichakning o’tkir yuqumli kasalliklari (ich terlama, paratif), shuningdek, zaharli moddalar (margimush, simob, yod salitsilat, ba’zi sanoat korxonalaridan chiqadigan zaharli gazlar va hokazolar) bevosita sabab bo’ladi. Bundan tashqari, me’da osti bezi sekretor funksiyasining yetishmovchiligi ham kasallikning paydo bo’lishida muhim o’rin tutadi. Kasallik aksari yoz-kuz oylarida uchraydi.
Belgilari. Kasallik to’satdan boshlanadi. Dastlab xuruj tarzida kindik atrofida og’riq paydo bo’lib, qorin quldiraydi, ich tez-tez va suyuq keladi.
(sutkada 5-8 marta), axlat badbo’y bo’ladi, bemorning ko’ngli aynib, qayt qiladi, ishtahasi yo’qoladi, og’zidan sassiq hid kelib, tili qurib karash boylaydi. Sutka davomidagi siydik miqdori kamayib, konsentratsiyasi oshadi. Puls tezlashadi, kasallikning og’ir formasida arterial bosim pasayib, kollapsga qadar borib yetadi. Bemorning rangi oqaradi, labi qurib qoladi. Qo’l-oyog’i sovib tortishadi, organizmda tuz miqdori kamayishi va suvsizlanishdan boldir muskullarida og’riq paydo bo’ladi. Gavda temperaturasi ko’tarilishi mumkin. O’tkir enterit bilan og’rigan bemorlarga o’z vaqtida davo qilinsa, ular sog’ayib ketadi. Biroq u xronik enteritga aylanishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |