Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet13/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

O’tkir nefritning muhim asoratlaridan eklampsiyasi miyada qon aylanishining buzilishi, miya kapilyarlari o’tkazuvchanligining oshishi tufayli vujudga keladi. Eklampsiya xuruji boshlanishidan oldin ba’zan bemorning, boshi qattiq og’riydi. Kasallik arterial bosimning ko’tarilishi bilan boshlanadi. Eklampsiya uchun xarakterli belgilardan yana biri miyadagi o’zgarishlardir. Bunga sabab miya tomirlarining torayishi natijasida anemiya va miyada shish paydo bo’lishidir. Eklampsiya xuruji to’satdan boshlanib, bunda mayda muskular tirishadi va uchib turadi. Og’izdan ko’pik chiqadi. Ko’z qorachig’i yorug’likka reyaksiya bermaydi. Es-hush yo’qoladi, tirishish 5-10 minut hatto yarim soatgacha davom etadi. Xuruj vaqtida puls sekinlashadi. Arteriya va orqa miya bosimi oshadi. Ko’z xiralashadi. Ba’zan tirishishdan so’ng psixik hayajonlanish sutkagacha davom etishi mumkin. Bunda bemor bezovtalanadi, to’lg’anadi, ko’zlari g’ilaylashadi. Aksari bemorlar tilini tishlab oladi. Bemor o’ziga kelgach, uzoq vaqtgacha dovdiragan holatda bo’ladi. Atrofdagilarga loqayt qaraydi, sust harakat qiladi. Ba’zan buning aksi kuzatiladi, u bezovta v tajovuzkor bo’ladi. Bu davrda bemorlarda o’tib ketadigan ko’rlik yuz beradi. Ular xuruj vaqtida o’zlarini qanday tutganliklarini eslay olmaydilar. Eklampsiya xuruji kuniga bir necha marta takrorlanishi mumkin. Bunda ko’p miqdorda (300-500ml) qon olinadi, orqa miya kanaliga punktsiya qilinadi. Xloral gidratdan klizma buyuriladi. Orqa miya bosimini tushurish uchun venaga tomchilab 100-150 ml 10% li magneziy sul’fat eritmasi yuboriladi. Buyrak sohasiga novokain eritmasidan blokada qilinadi. Parhez buyuriladi. Suyuqlik cheklangan miqdorda beriladi.


Azotemik uremiya


Buyrak funksiyasidagi yetishmovchilik natijasida organizmning azot qoldiqlari bilan zaharlanishi azotemik uremiya deb ataladi. Uremik holat asta-sekin rivojlana borib, bemor ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Uremiyaning dastlabki belgilari: bosh og’rig’i, ishtahaning pasayishi; ko’ngil aynishi, bo’shashish, uyquchanlik, terining qichishi va boshqalar. Bu belgilar oylab davom etishi natijasida bemor ahvoli tobora og’irlashib boradi. Tili qurib, karash boylaydi; og’zida siydik hidi keladi;qon aralash ichi ketadi. Nafas olish markazida kislotalar yig’ilib qolishidan, nafas olish shovqinli bo’ladi, bemor Cheyn-Stoks tipida nafas oladi. Ko’rish qobiliyati keskin pasayib ketadi. Hatto bemor ko’rmay qoladi. Ba’zan eshitish qobiliyati ham pasayadi. Bemor o’lishidan oldin burun qirrasida, yuz terisida, peshonasida azot shakllari yig’ila boshlaydi. Burni qonaydi. Oxirgi bosqichda azotemik perikardit paydo bo’ladi. Azotemik uremiya oqibatida markaziy nerv sistemasida o’gir o’zgarish yuz beradi. Bemorning boshi og’riydi va aylanadi. Kunduzi bir oz uxlaydi, kechasi esa hech uxlay olmaydi.


Pirovardida bemor tamomila hushidan ketadi, bunga uremik koma deb aytiladi, bunda bemor “holatirazm” bo’lib, yotadi yoki oyoq-qo’l, muskullari “uchadi”, ko’pincha nafas olishi kuchayadi. Odatda bemor uremik koma holatida o’lib qoladi.
Davolash va birinchi tibbiyot yordami. Davo tadbirlari dastavval organizmdan zaharli moddalarni chiqarib tashlashga qaratiladi. Bu maqsadda bemordan ko’p miqdorda (400-700 ml) qon olinadi. Teri ostiga, venaga yoki tomchili klizma shaklida izotonik eritma yoki glyukoza eritmasi yuboriladi. Ayni vaqtda parhez buyuriladi. Ovqat ratsionida oqsil miqdori cheklanadi (sutkada 20-25 g).. Osh tuzining miqdori ham kamaytiriladi yoki muqlaqo tuz berilmaydi (tuzsiz parhez). Bemor iste’mol qilinadigan ovqat kaloriyali, uglevodlar va sabzavotlardan iborat bo’lishi lozim. Buyrak sohasiga issiq grelka qo’yish diurezni kuchaytirib, bemor ahvolini birmuncha yaxshilaydi. Bemorga narkotiklar va uyqu dori (xloralgidrat, lyuminal) beriladi.
Pielit
Buyrak jomining yallig’lanishi pielit deyiladi.
Etiologiyasi. Buyrak jomiga infeksiya tushishi oqibatida paydo bo’ladi. Ichak tayoqchalari, limfa yo’llari orqali, boshqa mikroblar (stafilokokk, streptokokk) esa qon orqali buyrak jomiga o’tadi. Qabziyat buyrak toshi kasalligi, siydik tutilishi va boshqa kasalliklar pielitga sabab bo’ladi. Kasallik kechishiga qarab o’tkir va xronik bo’ladi.
Belgilari. O’tkir pielit et uvshishi bilan boshlanadi. Isitma ko’tarilib, 38-400 ga yetadi. Bel va biqin og’riydi. Siydik loyqa, ba’zan yiring aralash bo’ladi. Bir oz oqsil ham uchraydi. Mikroskopda tekshirilganda ko’p miqdorda leykositlar, buyrak jomi epiteliy hujayralari bo’ladi. Eritrositlar oz bo’lishi, bir-ikkita mumsimon silindr uchratish mumkin. Siydik og’riqli bo’lib, buyrak sohasi tukillatib ko’rilsa, (Pasternatskiy belgilari), kasallangan tomonda kuchli og’riq seziladi. Qonda leykositoz bo’lib, ROE tezlashadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling