Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet28/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Davolash va oldini olish. O’t sanchig’ining xurujida bemorga orom beriladi va teri ostiga morfin, omnopon yoki promedol yuboriladi. Ba’zan morfin atropon bilan birga inyeksiya qilinadi. Jigar sohasiga iliq kompress yoki grelka qo’yiladi. Penitsilin, streptomitsin, monomitsin, oleandomitsin, oletitrin kabi antibiotiklar yaxshi natija beradi. Ba’zan eufillin bilan glyukozani qo’shib, ehtiyotlik bilan venaga yuboriladi. Yurak faoliyati susaygan taqdirda kordiamin, koffein, kamfaralarning biri inyeksiya qilinadi. Teri holatiga alohida e’tibor berish zarur.
Ovqat va suyuqlik ham bemor ahvoliga qarab maromida beriladi. (№5 va №6 stol). Ich qotib ketsa, magneziy sulfat eritmasidan surgi qilinadi. Keyingi davolash choralari gepatit va xolesistitdagi kabi. Og’riq xurujlari orasida bemorga o’simlik va sut mahsulotlaridan tayyorlangan parhez taomlar buyuriladi. Ichak faoliyati nazorat qilib turiladi. Ishqoriy suvlar (Borjomi, Essentuki) mineral xolesistitni davolashdagiga o’xshash bo’lib, bemor kurortlarda (essentuki, Borjomi) davolanadi. Agar o’t sanchig’i tez-tez takrorlansa, xirurgga murojaat qilish kerak. Xolesistit va xolangitni o’z vaqtida davolash, ichakning normal ishlashi, parhezga rioya qilish o’t toshi kasalligini oldini olishning muhim omillaridandir.
Mavzu . №7. Endokren va modda almashinuvi kasalliklari Qandli diabet va bo’qoq kasalligi.

Reja:
1.Endokrin va modda almashinuvi kasalliklari haqida umumiy ma’lumot.



  1. Qandli diabet kasalligi haqida umumiy ma’lumot, uning etiologiyasi, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.

  2. Bo’qoq kasalligi haqida umumiy ma’lumot, uning etiologiyasi, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.

  3. Diabetik komalar haqida ma’lumot va ularda birinchi yordam.

Adabiyotlar:
1.Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 86-136,171-187 betlar.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling