Ichki kasalliklar ma’r
Download 484 Kb.
|
684 Ichki kasallikl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqibati va asorati.
- Davolash va parvarish qilish.
- Proflaktikasi.
O’pka gangrenasi. O’pka absessidagi kabi harorat yuqori bo’lishidan tashqari, jarayon plevraga ham o’tib, yonboshda og’riq paydo bo’ladi va uzoq vaqt birday turaveradi. Ayniqsa, yo’talganda og’izda keladigan qo’lansa hid gangrenaning doimiy va dastlabki belgisidir. Yo’tal azobli, ko’p miqdorda ajralgan balg’am kul, ba’zan shokolad rangini eslatadi. Balg’am turib qolsa uch qatlamga ajraladi. Yuqori qatlami suyuq ko’piruvchan, o’rta qatlami- loyqa, qo’ng’ir tusli, pastki va oyoqsimon hajmda bo’ladi. balg’am ayniqsa ertalab ko’p ajraladi. (500-800 ml).
Obyektiv tekshirilganda o’pkaning zararlangan joyi ustida perkutor tovush o’tmasligi, tovush titrashining kuchayishi ko’p, quruq yoki nam xirillash eshitiladi. Oqibati va asorati. O’pka absessi aksariyat hollarda terapevtlik davolashda moyil bo’lib, 4-5 haftada bemor sog’ayib ketadi. Ba’zan o’pkadan qon ketishi mumkin. O’pka gangrenasini esa davolash qiyin. Kasallikdan yiringli plevrit asorati qoladi. Jiddiy asoratlardan biri piopnevmotoraks (yiringning plevra bo’shlig’iga yorib o’tishi) bo’lib, bunda bemor biqinida to’satdan og’riq paydo bo’ladi. ba’zan kollaps beradi, hatto bemor o’lib qolishi ham mumkin. Davolash va parvarish qilish. Bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi. Asosan, antibiotiklar bilan davolanadi. Bunda balg’amdagi mikroblarning tarkibini aniqlashda va antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari sulfanilamid vositalari ham beriladi. Ular ba’zan bemorlarda ko’ngil aynish, teriga toshmalar toshishi, qichina kabi qo’shimcha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday hollarda sulfanilamid dorilarning me’yori kamaytiriladi, ba’zan butunlay berilmaydi. Antibiotiklar sulfanilamid vositalar bilan birga ishlatilganda yaxshi natija berdi. Bemorni parvarish qilishda dastavval terisining tozaligiga ahamiyat berish zarur. Yotoq yara hosil bo’lmasligining oldini olish, bemorni karavotning oyoq yoki bosh tomonidan 20-30 sm ga ko’tarib qo’yish lozim. Bemor taomi yuqori kaloriyali, ayniqsa oqsilga boy bo‘lishi kerak. Proflaktikasi. O’pkaning yiringlashishiga olib keladigan sabablar bartaraf etiladi: spirtli ichimliklar ichish qatiy man etiladi: to’g’ri kun tartibi tutiladi va o’pka, bronxlarning o’tkir va surunkali kasalliklarini o’z vaqtida to’g’ri davolash choralari ko’riladi. Ayniqsa, keksalardagi o’tkir zotiljam kasalligini o’z vaqtida davolashga e’tibor berish zarur. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling