Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet44/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Klinik ko’rinishi. Kasallik vaqti-vaqtida qo’zib turib, uzoq davom etishi bilan ifodalanadi.

  1. O’ng qovurg’a ostida, ba’zan to’sh osti sohasida simillovchi, bosuvchi og’riqlar yog’li va qovurilgan taom iste’molidan 1-3 soat keyin paydo bo’ladi va o’ng kurak, o’mrov suyagi, ensa, o’ng yelkaga tarqaladi. Bemor jismonan zo’riqqanida, sovqotganida, asabiy-ruhiy istiroblarni boshdan kechirganida og’riqlar zo’rayadi, xuruj holatini oladi. O’g’riqning jadalligi yallig’lanish jarayonining ifodalanish darajasiga va davomliligiga bog’liq. Kasallik ba’zida og’riqsiz ham kechishi mumkin. Bunda bemor ovqatlangandan 1-3 soat o’tgach o’ng qovurg’a ostida yoki epigastral sohada bosim sezadi.

  2. Ko’pincha dispepsiya o’zgarishlari kuzatiladi: ishtaha pasayadi, og’iz bemaza yoki taxir bo’ladi, ko’ngli aynib qusadi, kekiradi, qayt qilganda bemorning ahvoli yengillashmaydi, qorin dimlanadi, qabziyat ich ketishi bilan almashinib turadi, asta-sekin bemorning umumiy ahvoli o’zgaradi.

  3. Nevrasteniya belgilari: ta’sirchanlik, uyqusizlik rivojlanadi.

  4. Paypaslanganda o’ng qovurg’a ostidagi mushaklar taranglashgan bo’lib, qo’l tekkizganda og’riydi.

  1. Zaharin belgisi-o’t pufagi sohasini bosganda yoki tebratganda keskin og’riq kuzatiladi.

  2. Gausman-Vasilenko belgisi-nafas olish cho’qqisida o’t pufagi sohasini tebratganda ifidalangan og’riq paydo bo’ladi.

  3. Ortner-Grekov belgisi-qo’l kafti qirrasi bilan o’ng qovurg’a yoyiga urib ko’rilganida og’riq seziladi.

  4. Myussi-Georgiyevskiy (frenikus) belgisi-to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushak oyoqchalari orasida diafragma nerviga bosib ko’rilganda o’ng qovurg’a ostida og’riq paydo bo’ladi.

5.Laboratoriya tekshirishlari:

  1. Qonda leykositlar soni ko’payadi, gipoxrom kamqonlikka moyillik kuzatiladi, EchT oshadi.

  2. Duodenal zondlash-o’tning “B” ulushini olish qiyinlashadi, chunki o’t pufagining konsentratsiyalash xususiyati va reflektor faoliyatining buzilishi sodir bo’ladi. O’tning B ulushi loyqasimon suyuqlikdan iborat bo’lib, tarkibida bir talay leykositlar, shilimshiq epiteliy hujayralari topiladi.

Xolesistografiyada o’t pufagining shakli o’zgarganligi belgilanadi.
Ulatratovush bilan tekshirilganda o’t pufagi devorining qalinlashganligi va unda toshlar borligi yoki yo’qligi aniqlangan.

  1. Tashxisi kasallikning xarakterli klinik belgilariga o’nikki barmoq ichakka zond solib, olingan “B” o’t ulushuni laboratoriyada tekshirish natijalariga, xolesistografiya va exografiya ma’lumotlariga asoslanadi.


  2. Download 484 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling