Ichki kasalliklar ma’r
Download 484 Kb.
|
684 Ichki kasallikl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etilogiyasi.
- Birinchi tibbiy yordam.
- Birinchi tibbiyot yordami.
Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasi plevritda sabab bo’luvchi kasalliklarning oldini olish, ularni o’z vaqtida davolash: sil, o’pkaning turli kasalliklarining, sil sababiga ega bo’lmagan o’pka kasalliklarining oldini olishdan iborat.
Tomir va yurakdagi o’tkir yetishmovchiliklar Tomirdagi o’tkir yetishmovchiliklar ular tonusining pasayishi, vena va kapilyar qon tomirlarining kengayishi oqibatida paydo bo’ladi. Natijada qon bosimi pasayib ketadi. Bunda qorin bo’shlig’i organlarida qon to’planib qolishi oqibatida yurakka qon oqib kelishi kamayadi. Etilogiyasi. Tomirlardagi o’tkir yetishmovchilikka aksariyat nerv psixik travma, markaziy nerv sistemasining travmasi, og’ir jarohatlanish operatsiya, qon yo’qotish, intoksikatsiya, ifeksiya va hokazolar sabab bo’ladi. Bu kasallik hushdan ketish, kolaps va shok shaklida yuzaga chiqadi. Hushdan ketish qisqa muddatli bo’lib, yurak faoliyatining susayishi, bemor rangining oqarib ketishi, lab ko’karishi, oyoq qo’lning muzlab qolishi bilan xatrakterlanadi. Hushdan ketish miya qon bilan yetarli ta’minlanmasligi oqibatida miya qisqa muddatli anemiya hosil bo’lishidan yuzaga keladi. Hushdan ketishning asosiy sabablari: ko’p qon ketishi, holdan toyish, ochlik, uzoq muddat tik turish, qattiq og’riq to’satdan kuchli hayajonlanish va shuning kabi hodisalardir. Uzoq muddatli hushdan ketish bemor hayoti uchun xavfli bo’lib, bunda yurak faoliyati susayib ketadi. Shok va kollaps Infeksiya va intoksikatsiyalarda tomirlarning o’tkir yetishmovchiligi tufayli qon aylanishining buzilishi kollaps deb ataladi: jarohatlanish, travma, kuyish, perforativ peritonitda bo’ladigan kollaps holat shok deyiladi. Belgilari. Shok yoki kollaps vaqtida bemor hushdan ketmaydi, u faqat o’zini zaif sezadi. Gavda temperaturasi normadan pastga tushadi, oyoq-qo’li muzlab qoladi, ko’z qorachig’i kengayadi; yuzi kul rang tusga kiradi va sovuq yopishqoq ter bilan qoplanadi. Tili quruq bo’ladi, bemor tashnalik sezadi, nafas yuzaki, puls tezlashgan, sezilarsiz bo’lib, ba’zan butunlay qo’lga bilinmaydi. Arterial hamda venoz qon bosimi pasaygan va siydikning miqdori ancha kamaygan bo’ladi. Birinchi tibbiy yordam. Hushdan ketgan bo’lsa, sof havodan nafas olishni ta’minlash uchun derazalar ochiladi. Ust kiyimini ko’krak va bo’yin sohasidagi tugmalari yechiladi. Bemorning bosh miyasiga qon oqishini yaxshilash maqsadida boshini past qilib yotqiziladi. Ba’zan bemorni hushiga keltirish uchun yuziga sovuq suv purkab, nashatir spirti hidlatiladi. Basharti bemor hadeganda hushiga kelmasa, kofein-kamfara eritmalari inyeksiya qilinadi. Suniy nafas oldiriladi. Hushidan ketish qaytalanishi mumkin. Shuning uchun bemor ahvolini nazorat qilib turish lozim. Bemorni kollaps yoki shok holatidan qutqarish uchun iliq xonaga yotqizish, oyoq qo’liga grelka qo’yish, og’riqni qoldirish uchun narkotkal (Morfin, pantopon, promedol), tomir toraytiruvchi dorilar (adrenalin, efedrin, noradrenalin, mezaton) beriladi. So’ngra markaziy nerv sistemasini qo’zg’atuvchi dorilar (kofein, strixnin, kamfara) buyuriladi. Shunda ham bemor ahvoli yaxshilanmasa, venaga 25% li spirt eritmasidan 30ml yuboriladi. Yurak astmasi. Yurak astmasi xurujga o’xshash nafas qisishi bilan nomoyon bo’lib, ko’pincha kechasi tutadi. Yurak astmasiga gipertoniya kasalligi, miokard infarkti, ateroskleroz, yurakning aortal porogi, o’tkir nefrit va yuqumli kasalliklar sabab bo’ladi. Belgilari. Dastlabki belgisi bemorga havo yetishmay qoladi. Natijada u o’tirib oladi va xonaning derazasini ochishga intiladi. Uzoq muddatli xurujga teri rangsizlanib, bemor ko’karib ketadi. Yuziga ter tomchilari paydo bo’ladi. Nafas olish tezlashadi. Ba’zan yo’tal tutadi. Bemor quruq yo’talib ozroq shilimshiq balg’am ajraladi. Puls tezlashadi. Yurak astmasi ayrim hollarda bronxial astmadagi nafas qisishini eslatadi. Shu boisdan ularni bir-biridan ajrata bilish zarur. Birinchi tibbiyot yordami. Bemorga avvalo orom berish, boshini yuqori qilib yotqizish kerak. Xuruj vaqtida kichik va katta doira venalariga qon dimlanib qolishini yo’qotish uchun 300-400ml qon chiqariladi, miya va yurak tomirlarini kengaytirish uchun vanaga 0,5ml strofantin va 20ml 40%li glyukoza eritmasi yuboriladi. Bundan tashqari teri ostiga kofein, kamfara, korazol yuboriladi, kislorod berib turiladi. Kasallikda yurak sohasi qattiq og’riganligi uchun bemorga tomir kengaytiruvchi dorilardan nitrogliserin va validol beriladi. Nafas olish markazining harakatini va qon tomirlar markazi faoliyatini normallashtirish hamda bronxlar va bronxiolalarni kengaytirish uchun 1% li morfin eritmasidan 1ml, yaxshi 0,1% li atropin etritmasidan 0,5ml yuborish lozim. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling