Ichki kasalliklar
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ichki kasalliklar
Belgilari. Tanada shish paydo bo’ladi, gipertoniya kuzatiladi, siydik
o’zgaradi, buyrak yallig’lanishi oqibatida og’riq paydo bo’ladi. Buyrak kasalligiga diagnoz qo’yishda oddiy klinik tekshirish (bemorni ko’zdan kechirish, savol-javob qilish, paypaslash va hokazolar) dan tashqari maxsus laboratoriyada asboblar yordamida tekshirish usullari katta ahamiyatga ega. Buyrak kasalliklari ba’zan bemorlarda tamomila sezilarsiz darajada kechishi mumkin. Biroq siydikka tegishli o’zgarishlar paydo bo’lishi, buyrak va siydik yo’llarida biror kasallik paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Siydik tarkibiga qarab, kasallikning xarakteri, og’ir-yengilligi haqida fikr yuritish mumkin. Shu boisdan siydikni tekshirish kasallikka diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bemorga tegishli davo choralarini ko’rish imkonini beradi.
Siydik miqdori normada bir sutkada taxminan 1000-1600ml bo’lib, rangi somon rangiga o’xshash. Solishtirma og’irligi 1015-1020 ga teng. Solishtirma og’irligining oshishi, siydik miqdorining ko’payishi, tarkibida yiring, qon bo’lishi buyrak va siydik yo’llari kasallanganligini ifodalaydi.
Nefrit Buyrak yallig’lanishi nefrit deyiladi. U diffuzli bo’lib, bunda har ikki buyrak parenximasi yallig’lanadi. O’choqli nefritda normal parenximalar orasida yarim yallig’langan uchastkalar joylashib, ular bitta har ikkala buyrakka bo’lishi mumkin.
Nefrit o’tkir va xronik bo’ladi. O’tkir diffuzli nefrit (gromelunefrit) ga aksariyat streptokokk infeksiyasi sabab bo’ladi. O’tkir nefrit angina, gripp, skarlatina, pnevmoniyadan, ba’zan organizmning shamollashidan paydo bo’ladi. Buyrakka kirgan begona oqsilga nisbatan ro’y bergan allergik reaksiya ham o’tkir nefritga sabab bo’ladi.
shish, bel og’rig’i, to’sh osti sohasida o’girlik sezish, nafas qisishi va kam siydik ajralishidan shikoyat qiladilar. Ularning yuzi va qovog’i kerikib, rangi oqarib ketadi. Shish borgan sari zo’rayib, bemorni vaznini oshirib yuboradi. Yotib qolgan bemorlar belida, jinsiy organlar sohasida va oyoq qo’lda shish paydo bo’ladi. Unga gipertoniya qo’shilib nafas qisa boshlaydi. Yurak yetishmovchili ro’y berib, chap qorinch kengayadi. Ba’zan yurak sohasida o’g’riq, aortada ikkinchi ton ro’y beradi. Sistolik shovqin yurak uchida eshitiladi. Bronxit, o’choqli pnevmoniya, o’pka yallig’lanishi paydo bo’ladi. Meda ichak traktikada deyrli o’zgarish bo’lmaydi. Faqat bemorlarning ko’ngli aynib, qusishi mumkin. Diffuzli shish tufayli jigar kattalashadi va qon aylanishi buziladi. Ko’z soqqasining tubi qizaradi. Ko’z to’r pardasiga nuqtali qon qo’yilib, burun qonaydi. Qondagi umumiy oqsil 5-6% gacha kamayadi. Al’bumin kamayib, globulin, fibrinogen ortadi.
O’tkir nefritning muhim belgilari: gematuriya, oliguriya, siydikning loyqa bo’lishi, rangining esa to’q sariq yoki go’sht selining rangiga o’xshashidir. Siydikning solishtirma og’irligi yuqori, oqsil miqdori 1% atrofida bo’ladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling