Ichki kasalliklar
Davolash va oldini olish
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ichki kasalliklar
Davolash va oldini olish. Davo choralari kasallikning klinik
ko’rinishiga qarab olib boriladi. Bemorni davolashda parhezning roli juda katta. Kasallik qaytalaganda bemor o’rinda yotishi kerak. Qovdagi azot miqdori deyarli normal bo’lsa, bemorga oqsilga boy sutli taomlar buyuriladi. Aksincha buyrakning azot ajratish funksiyasi buzilgan bo’lsa, oqsil miqdori keskin cheklanadi. Bemor shishib ketgan bo’lsa, ovqat ratsionida osh tuzi (sutkasiga 2-3 g) va suyuqlik miqdori kamaytiriladi. Uglevod va yog’larni bemorlar yaxshi hazm qilganligi uchun ularni ko’ngil ko’targancha iste’mol qilish mumkin. Badanda shish bo’lsa, siydik haydovchilardan gipotiazit buyuriladi. Keyingi vaqtda bunday hollarda adrenokortikotrop gormonlar (kortizon, prednizondan) foydalanish yaxshi natija bermoqda. Bemorlardagi kamqonlikni davolash va oldini olish maqsadida V 12
qilinadi, qon quyiladi, temir preparatlari beriladi. Kasallikning oldini olish uchun infeksiya manbalari (tonzilitlar, gaymorit), shuningdek, o’tkir nefritni bartaraf etish va organizmni chiniqtirish kerak.
Buyrak eklampsiyasi
O’tkir nefritning muhim asoratlaridan eklampsiyasi miyada qon aylanishining buzilishi, miya kapilyarlari o’tkazuvchanligining oshishi tufayli vujudga keladi. Eklampsiya xuruji boshlanishidan oldin ba’zan bemorning, boshi qattiq og’riydi. Kasallik arterial bosimning ko’tarilishi bilan boshlanadi. Eklampsiya uchun xarakterli belgilardan yana biri miyadagi o’zgarishlardir. Bunga sabab miya tomirlarining torayishi natijasida anemiya va miyada shish paydo bo’lishidir. Eklampsiya xuruji to’satdan boshlanib, bunda mayda muskular tirishadi va uchib turadi. Og’izdan ko’pik chiqadi. Ko’z qorachig’i yorug’likka reyaksiya bermaydi. Es-hush yo’qoladi, tirishish 5-10 minut hatto yarim soatgacha davom etadi. Xuruj vaqtida puls sekinlashadi. Arteriya va orqa miya bosimi oshadi. Ko’z xiralashadi. Ba’zan tirishishdan so’ng psixik hayajonlanish sutkagacha davom etishi mumkin. Bunda bemor bezovtalanadi, to’lg’anadi, ko’zlari g’ilaylashadi. Aksari bemorlar tilini tishlab oladi. Bemor o’ziga kelgach, uzoq vaqtgacha dovdiragan holatda bo’ladi. Atrofdagilarga loqayt qaraydi, sust harakat qiladi. Ba’zan buning aksi kuzatiladi, u bezovta v tajovuzkor bo’ladi. Bu davrda bemorlarda o’tib ketadigan ko’rlik yuz beradi. Ular xuruj vaqtida o’zlarini qanday tutganliklarini eslay olmaydilar. Eklampsiya xuruji kuniga bir necha marta takrorlanishi mumkin. Bunda ko’p miqdorda (300-500ml) qon olinadi, orqa miya kanaliga punktsiya qilinadi. Xloral gidratdan klizma buyuriladi. Orqa miya bosimini tushurish uchun venaga tomchilab 100-150 ml 10% li magneziy sul’fat eritmasi yuboriladi. Buyrak sohasiga novokain eritmasidan blokada qilinadi. Parhez buyuriladi. Suyuqlik cheklangan miqdorda beriladi.
Azotemik uremiya
Buyrak funksiyasidagi yetishmovchilik natijasida organizmning azot qoldiqlari bilan zaharlanishi azotemik uremiya deb ataladi. Uremik holat asta-sekin rivojlana borib, bemor ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Uremiyaning dastlabki belgilari: bosh og’rig’i, ishtahaning pasayishi; ko’ngil aynishi, bo’shashish, uyquchanlik, terining qichishi va boshqalar. Bu belgilar oylab davom etishi natijasida bemor ahvoli tobora og’irlashib boradi. Tili qurib, karash boylaydi; og’zida siydik hidi keladi;qon aralash ichi ketadi. Nafas olish markazida kislotalar yig’ilib qolishidan, nafas olish shovqinli bo’ladi, bemor Cheyn-Stoks tipida nafas oladi. Ko’rish qobiliyati keskin pasayib ketadi. Hatto bemor ko’rmay qoladi. Ba’zan eshitish qobiliyati ham pasayadi. Bemor o’lishidan oldin burun qirrasida, yuz terisida, peshonasida azot shakllari yig’ila boshlaydi. Burni qonaydi. Oxirgi bosqichda azotemik perikardit paydo bo’ladi. Azotemik uremiya oqibatida markaziy nerv sistemasida o’gir o’zgarish yuz beradi. Bemorning boshi og’riydi va aylanadi. Kunduzi bir oz uxlaydi, kechasi esa hech uxlay olmaydi.
Pirovardida bemor tamomila hushidan ketadi, bunga uremik koma deb aytiladi, bunda bemor “holatirazm” bo’lib, yotadi yoki oyoq-qo’l, muskullari “uchadi”, ko’pincha nafas olishi kuchayadi. Odatda bemor uremik koma holatida o’lib qoladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling