Ichki kasalliklar


Davolash  va  oldini  olish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davolash  va  oldini  olish.  Avvalo  kasallikni  keltirib  chiqaruvchi  sabablarni 

yo’qotish  zarur.  Basharti  pielitni,  infeksiya  keltirib  chiqargan  bo’lsa,  davo 

choralari infeksiyaga qarshi qaratilmog’i lozim. Agar kasallikka buyrak toshi 

sabab  bo’lsa,  toshni  olib  tashlash  kerak.  Bemorning  gavda  temperaturadi 

ko’tarilib  ketsa  va  og’riq  paydo  bo’lsa,  kasalxonaga  yotqizish  kerak.  Unga 

sulfanilamid  preparatlari,  xususan  urosulfan,  sulfadimizin,  norsul’fazol 

beriladi.  Septik  infeksiyada  esa  penitsilin,  tetratsiklin,  sintomitsin, 

levomitsitin kabi antibiotiklardan foydalaniladi. Siydik yo’llarining infeksiyali 

kasalliklarida  furadonin  yaxshi  foyda  beradi.  Ba’zan  venaga  urotropin 

eritmasi yuboriladi.  

Buyrak  jomidagi  yiringli  siydik  tozalab  yuvilib,  ketishi  uchun bemorga 

ko’p  miqdorda  suyuqlik  ichish  tavsiya  etiladi.  Bundan  tashqari  ayiq  quloq 

o’simligining  bargini  qaynatib  ichish,  siydik  haydovchi  har  xil  o’simliklar 

aralashmasini  damlab  ichish  buyuriladi.  Bemor  iste’mol  qiladigan  taomlar 

buyrakning  ishiga  halal  bermasligi  kerak.  Sutli  va  o’simlik  taomlari  bo’lishi 

maqsadga muvofiqdir. Buyrak sohasida og’riq bo’lsa, isituvchi grelka va iliq 

vanna, diatermiya buyuriladi.  

Pialetning  oldini  olish  uchun  o’tkir  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  chora 

ko’rish, shuningdek, buyrakda tosh bo’lsa, o’z vaqtida xirurgik usul bilan olib 

tashlash kerak.  

Sistet 

 

 



Qovuq shiliq qavatining yallig’lanishi sistet deyiladi. 

 

Etiologiyasi. Sistet qovuqdagi turli organik toshlar hamda turli uyuvchi 

ximiyaviy moddalar ta’sirida paydo bo’lishi mumkin. Bundan tashqari siydik 

chiqarish  kanali  gipertrofiyaga  uchraganda  uni  prostata  bezi  ezib  quyganda 

qovuqda siydik dimlanishi ham sistet paydo bo’lishiga imkon beradi. Nihoyat, 

qovuqqa yaxshilab sterillanmagan kateter kiritilganda ham unfeksiya tushishi 

mumkin. Kechishiga qarab o’tkir va xronik sistet farq qilinadi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling